MЕNI AVTOMASHINAMNI KIMLAR ISHONCHNOMASIZ BOSHQARISHI MUMKIN.

DO`STLARGA ULASHING:

MЕNI AVTOMASHINAMNI KIMLAR ISHONCHNOMASIZ BOSHQARISHI MUMKIN.

⚡️SAVOL;
Meni avtomashinamni amakimni o‘g‘li boshqarishi uchun men unga ishonchnoma berishim shartmi ?

⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2019 yildagi PF-5816-son Farmoniga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani talab qilish bekor qilingan.

🟢 Yuqoridagi asos bo‘yicha, amakingizni o‘g‘li sizni yaqin qarindoshlaringiz toifasiga kiritilmaydi. Shu sababli u sizni avtomashinangizni boshqarishi uchun unga siz ishonchnoma berishingiz kerak. Yaqin qarindoshlaringiz avtomashinangizni boshqarishi uchun esa ularni FIOsi sug‘urta polisingizda ko‘rsatilsa bo‘ldi. Ularga alohida ishonchnoma berishingiz shart emas.

✏️ Yaqin qarindoshlardan tashqari har qanday qarindoshlar masalan, ammani o‘g‘li, xolani o‘g‘li, tog‘ani o‘g‘li, Fotimaponi qizi va, va, valarning o‘g‘illari va qizlari xam, xattoki o‘zlari xam sizni avtomashinangizni boshqarishi uchun siz ularga alohida ishonchnoma berishingiz shart.

Оставьте комментарий