Meksika Tarixi

DO`STLARGA ULASHING:

Meksika Tarixi?
⚜️__??__⚜️
M-Meksika: hududida odam yuqori paleolit (miloddan 20—15 ming yil oldin) davridan yashaydi. Bu yerda turli davrlarda Gʻarbiy yarim shardagi eng rivojlangan sivilizatsiyalardan biri mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalaridan aholi oʻtroq hayot kechira boshlagan, dehqonchilik, hunarmandchilik, sanʼat taraqqiy etgan. Milod boshlarida Markaziy Amerikaning shimoli-gʻarbiy qismida mayya qabilalari yashagan. 1ming yillikning 2-yarmida Markaziy M.da tolteklar xiyla yuksak madaniyat yaratdilar. Lekin bu madaniyatni 2-ming yillikning boshlarida naua qabilalari barbod qildi. Naua qabilalari orasida atsteklar ham bor edi, ular hozirgi Mexiko shahrini barpo etdilar va 14-asrda yirik davlat tuzdilar, bu davlat 15-asrda Markaziy va Janubiy M.ning eng qudratli davlatiga aylandi.

Оставьте комментарий