Mijozga mahsulotni namoyish qilganda nimalarga e’tibor berish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

🤔 Mijozga mahsulotni namoyish qilganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Ushbu postni yozishdan avval, biz bir tajriba o’tkazdik. Telegramdagi frilans-birjalarning biriga e’lon berdik. E’lon sabab bizga 30 dan ziyod frilanserlar murojaat qilishdi. Ularning ko’pchiligi esa umuman tajribasiz, portfoliosi yo’q, ayrimlari yozishni ham bilmaydi.

Ammo ularning orasida bir kishi ajralib turardi. Xuddi maxsus agentlikdek. Xatosiz, muomala bilan yozdi. Portfoliosiga gap yo’q. Ishni oxiri shu kishiga topshirdik.

💡 O’zimizni mijoz o’rniga qo’yib, biz quyidagilarga amin bo’ldik:

• Mijozga birinchi marotaba yozganda iliq muomala bilan va xatosiz yozing. Audio-yozuv tashlamang;

• Portfolioda faqat sifatli proyektlar bo’lsin;

• Mijoz biror narsani aytishda qiynalsa, bu narsani tushunmasa, chaynalsa muomalani qo’pollashtirmang;

• O’z taklifingizni mijozga qanchalik muhimligini tushuntiring.

Barcha bandlarga amal qilsangiz, mijoz o’ylab o’tirmay sizga topshiradi.

© IT Business school

👉 @biznes_talim – #Marketing

Оставьте комментарий