Minhojiddin Mirzo (1965)

DO`STLARGA ULASHING:

Minhojiddin Mirzo 1965 yilning 30 iyulida Andijon shahrida tugʻildi. 1983 yilda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, (1984–86 yillarda harbiy xizmatda boʻlgani sabab) 1990 yilda tamomladi.
Hozirgi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida (1990–1998), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida (1998–2003), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (2003–2006), “Sharq yulduzi” jurnalida (2005–2006) turli vazifalarda ishladi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi rahbari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimlarida (2006–2014) xizmat qildi. 2014 yildan jamoatchilik asosida Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar doʻstlik jamiyatlari kengashi raisi hamda “Guliston” jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritadi.
Minhojiddin Mirzo oʻquvchilik paytlaridan mahalliy matbuot nashrlari, shuningdek, Oʻzbekiston radiosining “Kelajak tongi” dasturi hamda “Tong yulduzi” gazetasida, talabalik yillarida esa “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “Yosh kuch” jurnallari, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Turkiston” gazetalarida oʻz sheʼrlari, dolzarb mavzudagi publitsistik chiqishlari, hajviy asarlari bilan faol ishtirok etib keldi.
Shoirning “Nilufar” (1996), “Visol xabari”(2002), “Yulduzim”(2007), “Koʻnglim kurtaklari” (2015), “Gullash payti keldi, bogʻlarim” (2015) sheʼriy toʻplamlari, “Saodatga eltuvchi qudratli kuch” (2008) esselar toʻplami chop etildi. Boborahim Mashrabga bagʻishlangan “Qaygʻu guli”, Amir Temur siyratiga doir “Sohibqiron yogʻdusi”, Bobur haqidagi “Sogʻinch saltanati” dostonlari nashr etildi.
Minhojiddin Mirzo tarjimon sifatida A. Pushkin, R. Hamzatov, S. Shʼʼipachev sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirdi. Shuningdek, oʻzining bir qancha sheʼrlari ham tojik, ingliz, koreys tillariga tarjima qilindi.
Minhojiddin Mirzo 1999 yili “Shuhrat” medali, 2002 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

18 комментариев к “Minhojiddin Mirzo (1965)”

  1. Уведомление: devops consulting services

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: คลิปหลุด

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: sell dumps with pin online

  9. Уведомление: เงินด่วน

  10. Уведомление: le blog suivant

  11. Уведомление: sportsbet io giriş

  12. Уведомление: azure mushroom chocolate bar

  13. Уведомление: find out here now

  14. Уведомление: official website

  15. Уведомление: view publisher site

  16. Уведомление: lsd blotter art gallery,

  17. Уведомление: บาคาร่าออนไลน์

  18. Уведомление: my company

Комментарии закрыты.