“Moxito” yaxna ichimligi

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 1 dona laym (yashil limon), yalpiz barglari, 3 osh qoshiq shakar, muz bo‘laklari, mevali qiyom va gazlangan mineral suv.
Tayyorlanishi: laymni teng ikkiga bo‘lib, uning yarmi yana 3-4 bo‘lakka bo‘linadi. Stakan ichiga 5-6 ta yalpiz barglari, mevali qiyom va uning ustidan laym bo‘laklari solib, qoshiqda ezib aralashtiriladi. Keyin idishga maydalangan muz bo‘laklari solib, gazlangan mineral suv qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Tayyor “moxito” ichimligi yalpiz barglari va bir bo‘lak laym bilan bezatiladi.
soglom.uz/tavsiya/moxito-yaxna-ichimligi/

Оставьте комментарий