Muammolar haqida… 20+

DO`STLARGA ULASHING:

Bizda qandaydir muammo bo‘lganda unga huddi dushmanga, baxtsizlikka qaragandek qaraymiz. Ammo vaqt o‘tib, har bir muammo bizga nimadadir yordam berganini his qilamiz. Muammolar bizga foydali bo‘lib, boshqa muammolarni hal etishga yoki biz uchun qadrli bir dars o‘rgatganini anglab yetamiz. Shu muammo bo‘lmaganda, biz ushbu darsni o‘zlashtirmagan bo‘lardik.

Biron muammoga duch kelsak, ushbu savollarni berib ko‘rishimiz kerak:

Shunday maqol bor: «Har bir qora bulutni xam yorqin tarafi bor». Sizning muammoingizga ushbu maqolni qo‘llasa bo‘ladimi?

Ko‘pchilik muammo va azoblarni bejiz emas, deyishadi. Sizchi qanday o‘ylaysiz?

Agar shu muammo sizni hayotda nimagadir o‘rgata olgan bo‘lsa, u nima? O‘zingiz yoki o‘zgalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishga o‘rgatdimi?

Bilasizmi, ba’zida muammolar bizni aynan nimaga o‘rgatganini darhol tushuna olmaymiz. Ammo vaqti kelib, buni anglaymiz. Deylik, siz bilan bir necha yil o‘tib, shu muammo xaqida gaplashayapmiz va men sizga ushbu savolni berayapman. Nima deb o‘ylaysiz, siz qanday javob bergan bo‘lardingiz?

Keling tasavvur qilamiz, baxtli kunlarning birida, sizni bolangiz yoki nevarangiz tug‘ildi. Siz ularga aynan shu muammolar sizga hayotda nimani o‘rgatganini aytib bermoqchisiz. Nima degan bo‘lardingiz?

Bu ro‘yhatni uzoq davom ettirish mumkin. Bunday savollarni berish, har bir muammoda bir hikmat, yaxshilikni topishga o‘rgatadi. Ota-bola Pezeshkianlarning pozitiv psixoterapiyasi aynan shu prinsipga asoslangan. O‘zimizni hadislarga asoslangan desam, adashmagan bo‘laman.

psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi

pmt.uz

Оставьте комментарий