Mustaqillik darsi (ustozlar uchun)

DO`STLARGA ULASHING:

Mavzu: « Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!
.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish.  Yoshlarning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg`oqbo`lishini ta’minlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi ta’lim: O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoharashlarini o`stirish.
Tayanchkompetensiyaelementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:televizor, radiyo,telefon orqali          berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:kattalarni hurmat qilish, ularning       nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona
Darsning turi: Aralash.
Darsning usuli: «Muzyorar», suhbat, ko`rgazmalilik, bahs-munozara, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi:
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, «Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari» darsligi, Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. «Vatan tuyg`usi», «Milliy istiqlol g`oyasi va ma’naviyat asoslari» fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism     5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni     10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish        15 daqiqa
Guruhlarda ishlash      10 daqiqa
Uyga vazifa          5 daqiqa
 
 
Darsning borishi
  1. Tashkiliy qism.
(Dars o‘quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi).
O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta’zim.
O‘qituvchi: Va alaykum assalom,   bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.
II.Yangi mavzu bayoni
      Dunyoda buyuk tushunchalar, muqaddas qadriyatlar ko`p. Lekin ushbu tushunchaning bular orasida ayricha o`rni va alohida ahamiyati bor.
Bu — ONA, VATAN, TINCHLIK, SOG`LIK.
      Ularni bir-biridan ayri tasavvur qilib ham bo`lmaydi. Ona Vatan, ona diyor, ona yurt — inson tug`ilib o`sgan, kindik qoni to`kilgan joyni Vatan deydi. Vatanni esa, dunyoda biz uchun eng aziz inson bo`lgan onaga tenglashtiriladi.
       XX asrning eng buyuk voqealaridan biri bu asrning so`ngi o`n yilligi boshida bu olamshumul harakatga qo`shildik — mustaqillikka erishdik.
       Vatanimiz, mamlakatimiz butun O`zbekiston xalqi 1991 yilning 31 avgustda o`zining mustaqil davlat ekanligini e’lon qildi.
Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek Mustaqillik — ma’naviy tiklanish va va yuksalish demakdir.
       Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so`ng biz o`zligimizni, qadriyatlarimizni, ma’naviyatimizni teran anglay boshladik. O`zbek nomining shoni-shavkati, g`ururi dunyoga tanildi.
Xalqim, tantiliging o`zi bir olam,
Yurtboshing boshingda yonib turgan sham.
Ta’rifingni bitib charchamas qalam,
Mag`rur o`g`lonlaring doim bor bo`lsin.
Darhaqiqat o`tgan 26 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.     Shu davr ichida qo`lga kiritilganyutuqlarni sarhisob qilish qiyin.
     Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi:O`zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qiyofasi batamom o`zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o`zgarishi sodir bo`ldi. Bugungi xalqyigirma bir yil burungi xalq emas.
       Bu o`zgarishlar, o`n-o`n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko`z o`ngimizga keltirib ko`raylik. Shunda ko`ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi inadi.
       Mustaqillik, avvalo, millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa — biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog`liq barcha masalalarni o`zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
      Mamlakat hayotida yuz berayotgan o`zgarishlarni uchta — siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlarga bo`lib tahlil etish mumkin.
       Siyosiy jihatdan O`zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko`rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o`rinni egalladi. O`z ovoziga, o`ziga xos mavqeiga ega bo`ldi.
      O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgach, davlat ramzlariga ega bo`ldi. O`z tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrog`iga, Prezidentiga, madhiyasiga, chegarasiga, valyutasiga va milliy armiyasiga ega bo`ldi.
     Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomabil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz g`alla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom ashyo bazasiga aylangan bo`lsa, endilikda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi.
      Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi o`zgarib, chiroy ochib, kollej, litsey, maktablar,guzar, choyxona, to`yxona va do`konlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi.
     Ma’naviy jihatdan yurtimizdagi o`zgarishlarga alohida to`xtalish lozim. Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an’ana va qadriyatlarga, adabiyot va san’atga bo`lgan munosabatning o`zgarganligini misollar bilan sanab sanog`iga yetish qiyin.
     Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalq kelajagi uchun qayg`urib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablag` ajratildi.
     Mustaqillikning og`ir sinovlari davri o`tdi.
Har kimsaning bo`lsin o`zin boshpanasi,
Har kimsa o`z kulbasida davrin sursin.
Odamni-ku aytmay turay, bu dunyoda
Hatto qushning yot butoqda ini bo`lsin.
        Uyga vazifa sifatida  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga baqishlangan tantanali yig`ilishidagi ma’ruzasidan foydalangan holda quyidagi jadvalni to`ldirishga harakat qiling.
Ta’lim sohasidagi islohatlar, siyosiy sohadagi islohatlar,      huquqiysohadagi islohatlar,madaniyat va sport  sohasida erishilgan yutuqlar.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek