Olcha: yurak, boʼgʼim va shamollashda foydali

DO`STLARGA ULASHING:

Olcha: yurak, boʼgʼim va shamollashda foydali

BOʼGʼIM OGʼRIGʼIDА FOYDА
Olcha mevasi yalligʼlanishga qarshi, balgʼam koʼchiruvchi, terini tozalovchi, qonni koʼpaytiruvchi xususiyatga ega. Yurak urishini maromiga keltiruvchi, immunitetni koʼtaruvchi mevadir. Tarkibida yalligʼlanishga qarshi moddalar borligi sabab, olcha mevasi sharbati hamda bandi va shoxchasidan tayyorlangan damlama artrit, revmatizm, artroz kasalliklarida boʼgʼimdagi ogʼriqning tezroq toʼxtashiga, shishlarning yoʼqolishiga yordam beradi. Аgar uzoq vaqtdan beri bel ogʼrigʼidan qiynalsangiz, olcha daraxtining poʼstloq qismini qaynatib, ichish kerak.
!Olcha shoxchasidan tayyorlangan damlama yozda koʼp kuzatiladigan ichketar, qorin ogʼrigʼida shifo boʼladi. Buning uchun bir siqim olcha mevasi bandini 2 piyola suvda qaynatib, kun davomida yarim piyoladan ichiladi. Bu damlama hayz koʼp kelganda, ogʼriq kuchli boʼlganda ham yordam beradi.
OZMOQChIMАN DENG…
Tarkibida V guruh vitaminlari, pektinni saqlagan olcha nafaqat tinchlantiradi, uyquni tiniqlashtiradi. Balki yaxshigina ozdiradi ham. Bu mevani kuniga 3 mahal, 10 donadan ovqatdan oldin yesangiz, oy davomida 5-8 kilo vazn tashlashingiz aniq. Yana 10 dona olcha tanovuli bir dona aspirin dorisining oʼrnini ham bosishini bilib qoʼying. Yaʼni, olcha qonni suyultirib, tozalaydi, siydik yoʼllarini yalligʼlanishdan xalos qiladi, gemoglobinni koʼpaytiradi va yurak xastaliklarining oldini oladi.
BАRGINI QАYNАTАMIZ!
Virusga qarshi xususiyatlari borligi sabab, olcha bargi qaynatib isteʼmol qilinsa, gripp, isitma, yoʼtaldan tezroq tuzalishga yordam beradi. Yosh bolalar va keksalarda ogʼirroq kechadigan bronxit kasalida olcha mevasini qaynatib ichish tavsiya etiladi. Olcha bargi qaynatmasi ayollardagi jinsiy yoʼllardagi shamollash, erkaklardagi prostata bezi adenomasida ham ayni muddaodir.
Olcha bargini sutda qaynatib ichish iztirobli yoʼtalda, oʼt pufagi yalligʼlanishida, sariq kasalida, jigarning yogʼ bosishida foydasi bor.
QАNDАY TАNLАYMIZ?
Mevani tanlashda uning shoxchasi (bandi) yashil boʼlishiga eʼtibor bering. Bu mevaning yangi uzilganini bildiradi. Xomligicha olchani sovitgichda atigi 2 kun saqlash mumkin. Hatto buning uchun ham mevani yaxshilab yuvib, quritib keyin sovutkichga solish kerak. Аgar uzoqroq saqlashni istasangiz, danagidan ajratib muzlatib qoʼying. Shu holatda olchani 6 oygacha saqlash mumkin.
KIMLАRGА ZАRАR?
!Olcha murabbosiga danagini olmasdan ishlatmang. Sababi, danagi va olcha urugʼi tarkibidagi amigdalin moddasi uzoq saqlansa va odam uni beixtiyor yutib yuborsa, organizmni zaharlashi mumkin. Olchadan tayyorlangan murabbo, kompotni bir yildan koʼp saqlamaslik zarur. Sababi, olcha danagi tarkibidagi amigdalin moddasi sogʼliqqa zarar qilishi, yurak urishini tezlashtirishi mumkin.
Yodda tuting: olchani haddan ziyod koʼp yeyish tish emalining buzilishiga olib keladi.
Oshqozon yarasi, qandli diabet, pankreatit, oʼpka yalligʼlanishi, teri kasalliklari, psoriazda bu mevani imkon qadar kamroq yeyishni tavsiya qilamiz.

Оставьте комментарий