O’lkamda faslli bahor

DO`STLARGA ULASHING:

      Reja:                                                                                                                                   1 O’LKAMDA BAHOR FASLI .
BAHORNI QANDAY TASAVVUR QILAMIZ.
3
 BAHOR FASLINI NIMALARGA QIYOSLASHADI.
4  BAHOR FASLLAR ICHIDA NIMASI BILAN AJRALIB TURADI.
5 BAHOR FASLLAR KELINCHAGI.                                                                                                                                           O’lkamda bahorning ilk kunlari ,boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib ,ketadi.Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi , uyg’onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar , bahorda uyg’onishadi. Yani uyg’onish , yangi sahifani boshlanishi, yo’lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uch ta bo’lib ,mart ,aprel,may kiradi.Juda oz bo’lsada, o’zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o’z milliy bayrami bo’lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz , navro’z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o’z ichiga oladi. Bahor  fasli kirib kelishi bilan , daraxtlardan kurtaklar chiqa boshlaydi. Qir adirlar yam yashil tusga kiradi ,alvon alvon ranglar bo’ladi. Suvlar to’lib to’lib oqadi. Suvlar chekkalari boychechak , yalpizlar chiqa boshlaydi. Barcha joylar yig’ishtiriladi, turli xil gullar ekiladi ,ko’kalamzorlashtirish ishlari boshlanadi.Daraxtlarning atroflari ohlanadi. Turli hil ko’chatlar ekiladi. Bahor bayramalari juda  katta tantana bilan nishonlanadi. Ona xalqimiz milliyligini o’zida mujjasam etgan navro’z bayrami bunga yaqqol misol. Bahor faslida bolalarning ovozlari osmonlar yetadi.Sababi qir adirlar chiqib chuchmoma, boychechak terishadi. Turli xil o’yinlar o’ynashadi.   Bahor faslining mart oyining yigirma birinchi martdan yigirma ikkinchiga o’tar kechasi kun va tun teng bo’ladi. Shu kundan boshlab , kunlarimiz uzaya boshlaydi. Bu ham bizga tangrining bizga bergan inomidir. Musulmonlarning yangi kunni yangi yili shu hisoblanadi. Bobodehqonlarimiz ham asta sekin ketmonlarini ko’tarib o’z dalasi tomon yo’l oladi. Qishning qahriga dosh beraolmagan yerlarini quyoshning zarrin nurlari ila eritib , tashlaydi. Bahor havosi salqin , bo’ladi. Asta sekin kunlar issiy boshlaydi. Bahor insonlar bir biriga mehr, baxt, sihat salomatlik mehribor onaxonlarimizu , nafosatga limolim ayollarimiz dilbar opa singillarimiz  shirindan shakar jajji qizchalarmizga go’zalik, nafislik baxsh etadi.                                                                                         
 Tasavvur qilish insonga tangri tarafida berilgan inomdir.Inson biror nimani o’ylasa yo qilmoqchi bo’lsa eng avvalo uni tasavvur qilib ko’radi. Uni qandayligini tasavvur darajasi yetganicha qiladi ,unda u yog’i o’tib ketmaydi. Tasvvur qilishning yana bir turi bu orzu qilishdegani. Orzu va tasavvur orasida farq bor. Sababi orzu qilish bu insonni o’zida yo’q narsani orzu qilib unga intilish degani bo’lsa, tasavvur esa biror narsani oy’lab o’shani hayolan jonlantirish degani. Bahorni o’ylash o’z inson qalbiga huzur va orzular to’la olam baxshida etadi. Bahor faslini tasavvur qilganimizda yuraklarimiz hapqirib ketadi. Bahor yangilanish yangi orzular  qilish ,hayotga ildam qadam qo’yish yangi rejelar tuzishdek tasavvur qilamiz.Bahor fasli o’zi bilan bir olam yangiliklar olib keladi. Yana tasavur qilar ekansiz dalalardagi shaftolining guliyu tog’dagi lolaning hidi ko’z oldingizga keladi. Bahor tasavvurimizga zig’may ketadi. Bahorni sumalaklar, sayllar o’zimizning milliy ,’oyinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Eng birinchi tasavvurimizga navro’z bayrami keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga hikoyalari navro’z tarihi uning kelib chiqishi udumlari. Navro’z bayramida esa ko’pkari kurash , turli xil aytishuvlar ,milliy raqslarsiz tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga shunday  nematlarni inom etganki bunga shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz tasavvur qilaolmaymiz,yozni suvsiz , kuzni zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan tasavvurimizdagi fasllar kelinchagi bahoroyni shunday tasavvur qilaylikki amalda ham o’shani ko’raylik. Men bahorni  tasavvur qilar ekanman.Eng avvalo ko’z o’ngimga daraxtlarning gullashi atrof ko’mko’k bo’lib insonlarning shodu xuramliklari, qir adirlarda bolalarning varak uchurib ,quvonishayotganlarini. Dosh qozonlarimizda sumalaklar pishirilib ,hammaga ulashayotganlarini, barcha joylarda ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganini , qalblarga quvonch olib kirganini tasavvur qilaman .Barcha yaxshi amallarni o’z ichiga olgan bahorni tasavvur qilaman. Bahorni yana  qaldirgo’chsiz tasavvur qila olmaymizQaldirg’och to’kin sochinlik don dun olib keladi.
Bahor  faslini men yosharish va yangilanish yangi davrga qiyoslayman. Bahor kirib kelishi bilan o’zining ko’mko’k libosini atrofga yoya boshlaydi. Atrof tobora go’zallashib nafislikni jilvakorlikni aks ettiradi. Yana uni kelinchakga ham qiyoslashadi. Bahor yana ayollarga ham qiyos qilishadi. Sababi ayol ko’nglidek ko’ngli nafis nozik did talabchan o’ziga har qanday insoni torta   oladi. Bahor fallarning fayz hisoblanadi. Bahor fasli ayollardek bardoshli tog’lardek sabrli va matonatli .Qancha shamol bo’lsa ham yomg’ir yoqsa ham o’z go’zalligini asrab qoladi.Insonlarni qalbiga eng toza o’ylarni olib keladi.Men bahorni ayol zotiga qiyos etaman. O’zidagi bor chiroyini o’z yaqinlariga ulasha oladigan daraja kuchli bu zot albbata ayollarimiz. Hamma taraflama mukkamal kezi kelgan yig’lab yoki bo’lmasam kulib yuruvchi bu ayollarimiz.Bahor ham ayollarga qiyos deb bilaman.
Bahor fasllar ichida nafosati , go’zalligi , yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi.Yana bahor fasli  insonlar qalbiga ezgulik urug’i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko’nglidan birdek joy oladi. Bahor o’zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to’lqinlantiradi.Bahor  faslida o’zimizning milliy bayramimiz navro’z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr oqibat ,baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o’zimizning o’zligimizni anglab yetamiz. Milliylikni yo’qotmagan holda ajralib turadi. Milliy taomlarimiz , o’yinlarimiz, bayramlarimiz bilan ham .Bahor fasllarning ilk odimi , yo’lning boshi hisoblanadi. Bahor fasllarning gulshani , borliqga o’zgacha kayfiyat hadya etadi.Shu taraflari bilan ajralib turadi.Bahorning boshlanishi o’zi yangi kundan darak beradi. Bahor manzaralarini tomasha qilar ekansiz beixtiyor shu go’zalikga yanada go’zallik qo’shgingiz keladi. Bunday go’zallik bilan albatta ajralib turadida. Mening fikrimcha bahor fasli fasllar ichida milliylikga boyligi, go’zalikga hammohangligi, mehrliligi,yaratish, yaralish, nafislik va boshqa taraflari bilan ajralib turadi. Sanasak juda ko’p eng asosiy bu milliylikga uyg’uligi bilan.                                                                                                                                                                                  To‘rt faslning tanho malikasi sen,
Tugal go‘zallikning nihoyasi sen,
Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

Yer birla osmonning tillaqoshi sen,
Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen,
Oltin beshigimning safardoshi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?                                                                                                                                           Haqiqatdan ham bahor faslini kelinchakga o’xshatishadi. Sababi kelinchak kabi go’zal turfa ranglarga boy . Yana bir sababi kelinchak keladigan hovli joylar toza ozoda bo’ladi. Bahor kelganda insonlar ham barcha joylarini yig’ishtiradi.Poklik ozodalik bor joyda doimo qut baraka yog’iladi.    Bahorga atab har bir shoiru shoiralar sher bitadi.Bahorning har kuni bayram yana har kuni yangilanish o’zgarish yana bir qancha sir asrorlarga boy . Bahor avvallo kelinchak kabi oq libosda kelsa keyin turfa ranglarda o’zini namoyish qiladi. Sababi bodom gulida oq bo’lsa lolada shaftolida qizil pushtu ranglarga kiradi. Insonlar  qalbida  esa yosharish yangi fikrlar     qilishga undaydi. Turli bayramlarda bahorni  nomini takror takror yodga oladi. Bayramlar bo’lganda kasallarning holidan habar olinadi ,keksalar borib ko’rib kelishadi va yana bir qancha savobli ishlarni amalga oshiradi. Shuning uchun ham uni fasllarning kelinchagi ardoqlisi mehr muhabbati deb aytishadi.  Yana bayramlarimizda kelin salomni ham bejizga qilishmaydi. Bahor va kelinchak bir biriga uyg’un sababi ikkovsida ham nafosat , go’zallik timsoli bor.Barchamizni  shunda savobli ishlarga yetkazsin .   Men ham fasllar kelinchagi bo’lmish bahorga sher yozgan edim sizlarga shuni havola etsam .                                                                    Bahor!!!                                                                                                                                                            Keldi o’lkamga bahor,
Har yon bo’ldi lolazor.

Suvlarga to’ldi anhor,
Bugun o’lkamda bahor.
Tabiat yangi zar varaq ochdi,
Daraxtlardan uyqu qochdi.
Tok novdalar ko’zin ochdi,
Yurtimga bahor keldi.
Quyosh zarrin nurin sochadi.
Qushalar ko’kda qanot qoqardi.
Qamashtirar alvon ranglar ko’zni,
O’lkamga kelinchak bahor kelibdi.
  
                 o’zimning ijodimdan bir shigil                                  

raimovamalohat.weebly.com/uy-vazifalar/olkamda-faslli-bahor

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek