Olma daraxtlarini parvarishlash

DO`STLARGA ULASHING:

Olmaning ahamiyati.
Olma mevalar ichida yetakchi oʼrin egallaydi. Olmani aholi yil davomida sevib isteʼmol qiladi. Ozik.-ovqat sanoatida olmadan shirinliklar, har xil pechenьelar tayyorlashda ishlatiladi. Pishib yetilgan mevasidan qoqi, sirop tayyorlanadi, koʼchat yetishtirish uchun urugʼ tayyorlanadi. Olma daraxtlari Respublikamizning barcha viloyatlarida ham yaxshi oʼsadi va moʼl hosil berish xususiyatiga ega. Madaniy olmaning ertagi, oʼrtagi va kech pishadigan navlari kenu tarqalgan. Ular har xil ob-havo va tuproq sharoitiga ham moslashib oʼsadi va uzoq yillar hosil beradi va yashaydi.
olma-daraxti
olma-daraxti
Ekish uchun tavsiya etiladigan olma navlari:
Starkrimson, Renet Simirenko, Golden Delishes, Rozmarin, Djonatan, Toshkent Borovinkasi,Fudji, Gala, Grenni Smit, Saltanat, Pink Ledi va h.k.
Koʼchatlarni tanlab olish.
Ekiladigan koʼchatlar saralab tanlab olinadi. Sifatli koʼchatlar boʼyi 1 metrdan kam boʼlmagan 2-3 asosiy shoxga ega tanasining diametri 1,5-2 sm boʼlgan yaxshi ildizlangan koʼchatlar ekishga tavsiya etiladi
Koʼchat ekish uchun yerni tayyorlash.
Koʼchatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonida suvning yurishi hisobga olinib, yer yaxshi tekislanadi. Maydonning har kvadrat metriga 6–10 kg goʼng (chirindi), 200– 250 g fosfor, 100–120 g kaliy va 150–200 g ammoniyli azot oʼgʼiti solinib, chuqur (25–30 sm) haydaladi. Koʼchatlarni ekish muddati va ekish sxemasi. Olma koʼchatlari payvandtaglariga qarab ekish sxemalari turlicha boʼladi: kuchli oʼsuvchi payvandtagda – 6×5 m (sugʼoriladigan boʼz tuproqlarda) va 5×5 m (shagʼalli-64 qumli tuproqlarda), oʼrta boʼyli payvandtagda 5×4 m, past boʼyli payvandtagda – 3×2,5 m (3 m –qatorlari orasidagi masofa, 2,5 m – koʼchatlar orasidagi masofa).
Olma koʼchatlarini ekish muddati kuzda noyabrь oyida, erta bahorda esa fevralning oxiri–mart oyining boshlariga toʼgʼri keladi. Koʼchat ekish uchun chuqurligi va kengligi 60×60 sm boʼlgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismining 20–25 sm qatlami oʼraning bir tomoniga, qolgan qismi ikkinchi tomoniga olib qoʼyiladi. Oʼraga 350–400 g fosfor, 30–40 g kaliy oʼgʼiti hamda 8–10 kg chirigan goʼngni tuproq bilan aralashtirib solib, keyin koʼchat ekiladi. Koʼchatni ekishdan oldindan tayyorlab qoʼyilgan shaltoqqa (yangi mol goʼngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtiriladi) ildiz qismini botirib olish lozim. Koʼchat oʼraga tik holda qoʼyilib, tuproq bilan koʼmiladi. Koʼchatni payvand qilingan joyi tuproqdan 4–5 sm yuqorida qolishi kerak.
Koʼchat ekilgandan soʼng har bir chuqurga toʼlatib suv quyiladi. Shunda tuproq zichlanib, nihol yaxshi koʼkaradi. Tuproq choʼkkandan soʼng koʼchat atrofiga tuproq solib, toʼldiriladi. Koʼchatlar tuproqning namligiga qarab vaqti- vaqti bilan sugʼorib turiladi. Tomorqa maydoni 3 sotix boʼlsa, ushbu maydonning quyosh tushadigan sharqdan janubga qaragan tomonga olmaning oʼrta boʼyli ertaki, oʼrtaki va kechki navlaridan 2–3 tupdan ekish tavsiya qilinadi. Tomorqa maydoni 6 sotix boʼlsa, yarmiga sabzavot, qolgan qismiga esa mevali daraxtlar, 10 sotix boʼlganda sabzavot uchun maydon qoldirib, qolgan kattaroq qismiga mevali koʼchatlarni joylashtirish mumkin.
Parvarishlash.
Daraxtlarga bahorda yarusli (qavatli) qilib shakl beriladi. Bunda daraxtning birinchi qavatida 3–4 dona asosiy shox qoldiriladi, qolganlari qirqib tashlanadi. Ikkinchi qavat shoxlari asosiy shoxlardan 30–40 sm, birinchi qavat shoxlaridan 25–30 sm masofada qoldiriladi. Uchinchi qavat shoxlari ham shu zaylda shakllantiriladi. Shakl berishda shox-shabbalarning bir-biriga soya berishini oldi olinib, bir maromda siyraklashtiriladi. Daraxt hosil qilmaydigan yilida butash tizimi quyidagicha amalga oshiriladi: shu yili oʼsib chiqqan novdalar kuchliroq kaltalashtiriladi, halqasimon meva shoxlari siyraklashtiriladi, murakkab halqasimon shoxlar kaltalashtiriladi. Daraxtlar hosil bergan yili novdalar 35–40 sm oʼsgan eski shoxlariga taqab qirqiladi. Bir yillik novdalarni qisqartirish hosil kurtaklarini koʼpayishiga olib keladi. Tomorqadagi olma daraxtlariga 300–350 g azotli, 250–300 g fosforli va 200–250 g kaliyli oʼgʼitlar sof holda solinishi tavsiya qilinadi. Har 2–3 yilda oʼrtacha 50–60 kg chirigan goʼng solish hosildorlikni oshiradi. Boʼz tuproqlarda olma daraxtlari oʼsuv davri mobaynida 4–6 marta, shagʼalli yerlarda 10–12 marotaba sugʼoriladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Olma daraxtiga zararkunandalardan olma qurti (mevaxoʼr), meva kanasi, binafsha rang qalqondor, kasalliklardan un shudring, kalmaraz (parsha), monilioz zarar keltiradi. Binafsha rang qalqondorga qarshi erta bahorda kurtaklar yozilgunga qadar Karate 5% em.k. purkaladi. Bundan tashqari, Perfekto 17,5% sus.k., Bagira 20% em.k. (10 sotix maydonga 15–20 ml) preparatlari bilan ishlov beriladi. Olma qurtiga qarshi Perfekto 17,5 % sus.k. (10 sotixga 15–20 ml) Karate 5 % em.k. (100 l suvga 30–40 g) qoʼllanilganda yaxshi samara beradi. Meva kanasiga qarshi Perfekto 17,5 % sus.k. (10 sotixga 20–30 ml) purkaladi. Olmaning kalmaraz (parsha), monilioz kasalliklariga qarshi Bordo suyuqligining 3 foizli (100 l suvga 3 kg mis kuporosi va 3 kg soʼndirilmagan ohak) eritmasi sepiladi. Kasalliklarga qarshi tadbirlar dori vositalari kurtaklar yozilguniga qadar oʼtkaziladi.
Hosilni yigʼishtirish.
Olmani pishish muddati may oyining oxiridan boshlanib, oktyabrь oyining boshlarigacha davom etadi. Odatda, ertaki olmalar qisqa muddat saqlanadi, ular bir terim bilan yigʼishtirib olinadi. Oʼrtaki va kechki navlarda bir necha marta terim oʼtkaziladi. Har bir olma navi oʼzini pishish davrida nav xususiyatlariga xos rangga va tusga kiradi. Buni hosilni terishda inobatga olish kerak. Hosilni yigʼishtirishda mevani bir qoʼl bilan ohista ushlab, bosh va koʼrsatkich barmoq bilan meva bandiga zarar yetkazmasdan uzib olinadi. Terilgan mevalar yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar omborda saqlashga qoʼyilishi mumkin.
Iqtisodiy samaradorligi:
Olma daraxti 10 sotix tomorqaga 5×5 m sxemada ekiladigan boʼlsa 40 dona koʼchat ketadi. 40 dona koʼchatimiz 3-4 yildan soʼng hosilga kirib, 1 dona daraxtimizdan oʼrtacha naviga qarab 25 kg hosil olinadigan boʼlsa jami 1000 kg hosil olishimiz mumkin. 1000 kg olmamizni oʼrtacha 8000 soʼmdan sotadigan boʼlsak 8000000 soʼm daromad
keltiradi.

13 комментариев к “Olma daraxtlarini parvarishlash”

  1. Уведомление: my company

  2. Уведомление: mossberg 590a1

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: Alquiler de trasteros

  5. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์โอนเข้าบัญชี

  6. Уведомление: earn passive income

  7. Уведомление: 토토포켓몬

  8. Уведомление: check this site out

  9. Уведомление: go x scooters

  10. Уведомление: find

  11. Уведомление: Institutional Repository

  12. Уведомление: clase azul where to buy​

  13. Уведомление: ข่าวบอล

Комментарии закрыты.