Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti?

DO`STLARGA ULASHING:

Barchamizga ma’lumki, qish faslida organizmimiz zaiflashib qoladi, vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj esa yanada ortadi. Gipovitaminozning oldini olish uchun tanangizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni etibordan chetda qoldirmang va shifokor bilan maslahatlashgan holda organizmga kerakli darmondorilarni etkazib bering.

1. A vitamini. Terining quruqshashi, sochlarning siyraklashishi, tirnoqlar sinuvchanligi, labdagi yorilishlar, og‘iz bo‘shlig‘ining kasallanishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, toshmalar aynan shu darmondori etishmayotganining alomatlari hisoblanadi.

2. B1 vitamini. Diareya va qayt qilish, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi, ishtaha va qon bosimi tushishi, yuqori ta’sirchanlik, yurak aritmiyasi, oyoq-qo‘l uchining muzlashi, qon aylanishining buzilishi.

3. B2 vitamini. Stomatit va og‘iz chetlarida yorilishlar, kon’yuktivit, ko‘zdan suv (yosh) oqishi va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, ko‘z ustki qismi pardasining xiralashuvi va yorug‘likdan qo‘rqish kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik.

4. B3 vitamini. Kuchsizlik va surunkali charchoq, doimiy bosh og‘riqlari, xavotirlilik va asabiylashish, yuqori qon bosimi.

5. B6 vitamini. Bemajollik, to‘satdan xotira sustlashishi, jigar atrofida og‘riqlar, dermatit.

6. B12 vitamini. Kamqonlik, soch to‘kilishi, gastrit.

7. S vitamin. Immunitet tushib ketishi natijasida umumiy bemadorlik, vazn tushishi, ishtahaning yomonlashishi, milklar qonashi, shamollash va infeksiyalarga moyillik, burundan qon ketishi, og‘izdan yoqimsiz hid kelishi.

8. Vitamin D. Bolalarda lanjlik va kamharakatlilik, uyquning buzilishi va yomon ishtaha, qaysarlik, raxit, immunitet va ko‘rish qobiliyatining sustlashishi, moddalar almashinuvining buzilishi, suyak to‘qimalaridagi muammolar.

9. D3 vitamini. Fosfor va kalsiyning qiyin o‘zlashtirilishi, tishlarning kech chiqishi (bolalarda), uyquning buzilishi (cho‘chish, alaxsirash), mushaklar tonusining pasayishi va suyaklar sinuvchanligi.

10. Vitamin E. Allergiyaga moyillik, mushaklar distrofiyasi (oziqlanishining buzilishi), oyoqlardagi og‘riqlar, oshqozon yarasi va tromboflebitning paydo bo‘lishi, qadam tashlashning o‘zgarishi, pigment dog‘lar paydo bo‘lishi.

18 комментариев к “Organizmingizga qaysi vitamin etishmayapti?”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: small guns

  3. Уведомление: useful source

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: จำนำโฉนดที่ดิน

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 토토사이트추천

  8. Уведомление: stop screenshot

  9. Уведомление: buy bergara arms guns

  10. Уведомление: Online businesses

  11. Уведомление: wapjig.com

  12. Уведомление: บริการเช่ารถหาดใหญ่

  13. Уведомление: all slot auto wallet

  14. Уведомление: you can try these out

  15. Уведомление: 다시보기

  16. Уведомление: เว็บดูบอล

  17. Уведомление: Visit This Link

  18. Уведомление: stapelstein balance board

Комментарии закрыты.