O’zbekistonda qonning narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekistonda qonning narxi qancha?

O’zbekistonda qonni rasmiy sotish joriy etilmagan faqatgina, O‘zbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonuni (https://lex.uz/docs/-46727) ga asosan, Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi va BHM 5 baravari (1 mln 350 ming so’m) miqdorida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti oladi.

Ma’lum qilinishicha, kishi o‘z qonini muhtoj bo‘lgan kishilarga sotishi joiz emas. Biroq yordam ko‘rsatish va odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida ko‘ngilli ravishda qon berish joiz.

Ta’kidlanishicha, inson bepul qon topolmasa, zarurat uchun qon sotib olishi mumkin. Bunda qon sotib, daromad qilgan kishi gunohkor bo‘ladi (https://bugun.uz/2021/09/02/qon-donorligi-orqali-pul-topish-halolmi-fatvo-qomitasi-djavob-berdi).

Siz donorlik qilganmisiz?