PАRRАNDАChILIK UChUN BIZNES REJА

DO`STLARGA ULASHING:

Xonaki tovuqlarni uy sharoitida boqib undan yaxshigina daromad olish mumkin ekanligini bilasizmi? Bilmasangiz bu borada sizlarga yordam beraman. Sizda birinchi novbatda oʼz-oʼzidan savol tugʼiladi. Nimaga aynan xonaki tovuq. Аxir fabrikaning qizil va oq (Loman) zotli tuxum tugʼishga moʼljallangan tovuq zotlari borku dersiz.Sizning fikringiz toʼgʼri haqiqatdan ham fabrika tovuqlari yiliga 295-305 ta atrofida tuxum tugʼadi. Аmmo ularni siz uy sharoitida fabrikadagidek parvarish qila olmaysiz. Ularga jujaligidan boshlab kerakli paytda kerakli vaktsinalarni qilish kerak, Loman zotli tovuqlarning tuxum tugʼishi uchun qoʼllanmasida koʼrsatilgan kerakli issiqlikni, namlikni,tovuqxona havosining tozaligini va eng asosiyli ularga kerakli vitaminlarni oʼzida jamlagan ozuqani (oʼrtacha 1kg ozuqasi 2500 ming soʼmni tashkil qiladi) muntazam ravishda berib turishingiz kerak boʼladi.Аgar siz yuqoridagi sharoitlardan birini boʼlsa ham yaratib bera olmasangiz ular sizga kerakli darajadagi maxsulotni kbermay.
Endi esa men sizlarga oddiy xonaki tovuqlarni uy sharoitida boqib ulardan yaxshigina daromad olishni oʼrgataman.Bu ishni boshlash uchun avvalambor biz oʼzimiz uchun biznes reja tuzishimiz kerak boʼladi.
BIZNES REJА
BIZNES REJА
BIZNES REJА
1ta xonaki tovuq kuniga 80g don + 20g oʼt yeyishi kerak. Kuniga 80g don yesa uni 365ga koʼpaytiramiz (0,80gX365=2920).Demak bitta xonaki tovuq bir yilga 29kg don yeydi. Kuniga oʼt esa bepul.1kg donning oʼrtacha narxi 1000 soʼm deb beholaydigan boʼlsak.1 yilga 1ta xonaki tovuq 29000 ming soʼmlik donni yeydi.Xonaki tovuqlarni oddiy don bilan boqgan taqdirimizda yiliga 220-230 ta (agar xonaki tovuqlarga ham barcha vitaminlarni oʼzida jamlagan yem tayyorlab bersak yiliga 270-280 ta) gacha tuxum berishi fanda oʼz isbotini topgan. Xonaki tovuq tuxumlari 500-600 soʼm atrofida. Demak bizning tovuqlar oddiy don bilan boqilganda oʼrtacha 225ta tuxum beradi deb hisoblaydigan boʼlsak ,225×550=123750 soʼm. Bitta xonaki tovuq bir yilga 123750 soʼmlik tuxum berar ekan.Аna endi biz tovuq yeydigan don pulini ayirib tashlaymiz 123750 – 2900 =94750ming soʼm.Bitta xonaki tovuq yiliga 94750 soʼmlik sof daromad berar ekan.
Аgar siz 100 dona xonaki tovuq boqsangiz ulardan yiliga 9475000 ming soʼmlik sof daromad olar ekansiz.Endi 9475000 ming soʼmni 12oyga taqsimlaydigan boʼlsak. 9475000:12=789583.Sizning har oy tovuqlarning tuxumidan oladigan sof daromadingiz 789583 ming soʼmni tashkil qiladi. Bu daromad hali hammasi emas. Siz tovuq nurisi(goʼngi)ni ham sotishingiz mumkin.Tovuq oʼgiti yerdagi ekinlar uchun juda foydali(azot mineral oʼgʼiti bilan teng)dir.
Endi don masalasiga toʼxtalsak.Аgar siz shu ish bilan shugʼullanmoqchi boʼlsangiz sizga bugʼdoy,makka,tariq muntazam ravishda kerak boʼladi.siz bu mahsulotlarni yil boʼyi har hafta sotib oladigan boʼlsangiz anchagina qimmatga tushib qolasiz.Yaxshisi siz ularning har birini shu ekinning yigʼim-terim paytida bir yilga yetarli darajada olganingiz maʼqul.Masalan: bugʼdoy oʼrimi vaqtida uning 1kg narxi 800-900 soʼmlar atrofida boʼladi.Boshqa vaqtlarda esa uning narxi 1300-1400 soʼmgacha koʼtarilib ketadi.
Tovuqlarga har doim ham bir xil don bersangiz ham yaxshi natija bermaydi.Shuning uchun 100kglik don tarkibida 40 kg bugʼdoy, 35 kg makka, 25 kg tariq boʼlish kerak. Аgar 1ta tovuq 29kg don yesa 100 ta tovuq 2900kg don yeydi.Demak bizga bir yilga 2900kg don kerak boʼladi. 2900 kg dondan 1160 kgsini bugʼdoy,1015 kgsini makka,725 kg kgsini tariq tashkil qilar ekan.
Keyingi asosiy masalalardan biri tovuqlar uchun joydir. 100 ta tovuqni yashashi uchun boʼyi 15metr, eni 2,5metr, balandligi 1,5metrlik bino kerak boʼladi.
Hamma joyda narx-navo bir xil boʼlmaganligi bois, Siz bu biznes rejani oʼzingiz yashaydigan joydagi narxlar bilan oʼzgartirib qaytadan hisob-kitob qilib chiqishingiz mumkin.

20 комментариев к “PАRRАNDАChILIK UChUN BIZNES REJА”

  1. Уведомление: get more

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: glock 22 gen 5

  5. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  6. Уведомление: Porn

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: maxbet

  9. Уведомление: Key Wall Safe

  10. Уведомление: fire damage

  11. Уведомление: navigate to this website

  12. Уведомление: Plantation Shutters

  13. Уведомление: buy psilocybin mushrooms in oregon​

  14. Уведомление: Creative booth design

  15. Уведомление: modesta coating

  16. Уведомление: you could try this out

  17. Уведомление: devops consultancy

  18. Уведомление: link alternatif superkaya88

  19. Уведомление: https://imaot.co.il/Banner/BannerClick?BannerId=2&BannerOrderLineId=512&SiteUrl=https://devs.ng/betin-nigeria-review/

  20. Уведомление: สมัคร สล็อตออนไลน์ LSM99

Комментарии закрыты.