Piyoda yurish uchun 7 sabab

DO`STLARGA ULASHING:

Piyoda yurish uchun 7 sabab

✅Salomatlikni mustahkamlashning juda oson va yoqimli usullaridan biri piyoda yurishdir. Quyida bu mashg‘ulotning qator afzalliklari haqida hikoya qilamiz.

?Kayfiyatni ko‘taradi, yangi g‘oyalarga turtki beradi

Ochiq havoda piyoda yurish kayfiyatni ko‘tarishi, tushkunlikni yengishda yordam berishi isbotlangan. Shuningdek, yurish jarayoni kreativ g‘oyalar tug‘ilishiga ham turtki beradi. Aqliy faollik esa organizmda ijobiy reaksiyalarga sabab bo‘ladi;

?Allergiyani yengishda ko‘makchi

Allergiyalar mavsumida bu kasallikka chalinganlar o‘zlarini himoya qilish uchun uyga qamalib olishni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydilar. Aslida unday emas – yurish va yugurish nafas olish a’zolari faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida allergenlarga chidamlilikni oshiradi;

?Umr davomiyligini uzaytiradi

Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har kuni bir yoki undan ortiq kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga odatlanganlar bunday mashg‘ulotni xush ko‘rmaydiganlarga nisbatan 7 yilgacha ko‘proq umr ko‘rganlari ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, muntazam piyoda yurish yoshlikni ham uzaytirishi haqida dalillar mavjud;

?Moddalar almashinuvini yaxshilaydi

Yuqori qon bosimi, qand miqdorining balandligi, ortiqcha vazn, asabiylik, turli kasalliklarga tez chalinuvchanlik, bosh og‘rig‘i, tez charchash… Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin va bularning barchasiga muntazam piyoda berish orqali yaxshigina zarba bersa bo‘ladi.

?Uyquni yaxshilaydi, stressdan himoyalaydi

Asrimizning quloch yozayotgan muammolari qatorida stress va uyqu buzilishi alohida o‘rin tutadi. Bu ikki muammo bir-biriga chambarchas bog‘liq va qaysi biri qaysinisini chaqirishi bo‘yicha bahslar davom etmoqda. Muntazam piyoda yurish aqliy tetiklik bilan birga jismoniy charchoqqa olib keladi. Bu esa o‘z navbatida asabni tinchlantirib, tiniqib uxlashga zamin yaratadi;

??‍♀️Suyaklarni mustahkamlaydi

Albatta, qator suyak kasalliklari borki, ularda piyoda yurish nafaqat befoyda, balki zararli va xavfli hamdir. Yangi jarohatlar, artritning faol bosqichlari shular jumlasidan. Ammo mutlaq ko‘pchilik uchun piyoda yurish suyaklarni mustahkamlashdek muhim yutuqni keltiradi. Tayanch harakat tizimining mustahkamligi esa juda ko‘p tizimlardagi muammolarning oldini oladi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek