Qanday qilib yaxshi uxlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday qilib yaxshi uxlash kerak?

1. Uxlash joyingiz qulaymi?
Agar joyingiz qattiq bo’lsa va judayam yumshoq bo’lsa ham odamga noqulaylik tug’diradi. Shu sababli o’rta qattiqlikda bo’lsin.
2. Vanna.
Kun bo’yi orttirgan charchoqlaringizni iliq vanna yoki dush qabul qilish bilan bartaraf qilishingiz mumkin. Bu fikrlaringizni bir joyga jamlash va tinchlanishga yordam beradi.
3. Gadjetlarni chetga surib qo’ying
Chuqur va sifatli uyquni melanin gormoni ta’minlaydi. Gadjetlardan chiqadigan to’lqinlar gormon ishini ortga suradi. Undan ko’ra kitob o’qishga odatlaning.
4. Yengil ovqatlaning
Uyqudan oldin to’yib ovqatlanish noqulaylik tug’diradi. Lekin kechasi ham moddalar almashinuv jarayoni sodir bo’lganini inobatga olib uglevod va oqsilli mahsulotlardan yengilgina iste’mol qilib oling.
5. Tartibga amal qiling
Har kuni bir vaqtda uyquga yoting va uyg’oning. Bu sizning kun tartibingizni bir me’yorda saqlashga yordam beradi va moddalar almashinuvini tartibga soladi.

Оставьте комментарий