Qotishma g’ildiraklar

DO`STLARGA ULASHING:

Qotishma g’ildiraklar

Sizlar bilan oldingi postimda po’lat g’ildiraklar to’g’risida suhbatlashgandik. Endi esa navbat qotishma g’ildiraklar haqida. Bu g’ildirak turi juda ham bejirim dizayni bilan ko’pchilikni o’ziga tortadi. Dizayni bilan birgalikda uning haqiqiy kuchi aslida uning juda effektivligi, po’latdan yengilligi va o’z ishini juda yaxshi qilishida. Qotishma metall va boshqa elementlarning aralashmasidir. Tarkibida alyumin, magniy kabi elementlar mavjudligi va deyarli temir ishlatilmaganligi uni yengillashtiradi va e’tibor bering po’latga qaraganda tez sovuydi. Tez sovush «performance» uchun juda zarur funksiya.

1960-yillar davomida magniydan qilindan qotishmalar ommabop bo’lgan lekin ular juda mo’rt edi va egiluvchanlik xususiyati yo’qligi sabab juda tez shikastlangan va yorilgan uning ustiga magniy tez korroziya chalinuvchan modda.
Shundan keyin faqatgina alyumin qotishmali g’ildiraklar stendga ko’tarilgan va magniy o’rnini egallab avtosport musobaqalarida keng tarqala boshlagan. Alyumin qotishmaning o’zi esa 1920-yillarda ham afzal ko’rilgan materiallar qatorida edi lekin uning dunyo bo’yicha adaptatsiyasi aynan 60-yillardan keyinga to’gri kelgan.

1924-yili Bugatti type 35 mashinasida tarixda birinchi bo’lib alyumin qotishmali g’ildiraklar sinab ko’rilgan.

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий