Quvvatni qanday oshirish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Sizga quvvat bag’ishlaydigan va energiya darajangizni oshiradigan bir necha maslahatlar mavjud.  Boshladik:
Birinchi navbatda to’g’ri harakat qilmoq zarur. Bu nima uchun kerak va nimani anglatadi?

Kundalik turmushimizda  ko’p ishlatadigan mahsulotlar qaynashi davomida o’zidagi ko’p energiyani yo’qotadi. Gap shakar, tarkibida shakar bo’lgan mahsulotlar, kofe va go’sht haqida ketmoqda. Ehtimol o’ylagandirsiz bu mahsulotlar sizga katta quvvat beradi, biroq vaqt o’tib siz yana o’zingizni charchagan va xolsiz his qilasiz. Uzoq vaqtga tanamizdagi quvvatni tiklash uchun kunlik ratsional ovqatlarimizga qo’shimcha quvvatli mahsulotlarimizni qo’shish eng oqilona yo’l hisoblanadi.
Tarkibid foydali yog’ va sog’lom oqsilli mahsulotlarni iste’mol qiling:
Yong’oqlar;
Baliq;
Kungaboqar pistasi
Zaytun yog’i
Kurka go’shti
Laxm go’sht
Yong’oqlar
Loviya
Soya
Tuxum
Shunigdek, faqat nima yeyayotganingizgina emas, qanday yeyayotganingiz ham muhim sanaladi. Agar siz asosiy ovqatni kun o’rtasida iste’mol qilsangiz, organism quvvat va hayotiy kuch bilan to’yinadi. Chunki bu vaqt davomida sizning ovqat hazm qilish tizimingiz eng faol payti hisoblanadi va energiya jamlashda samaraliroq vaqtdir.

Yaxshi narsalar haqida o’ylashni unutmang. Masalan, a’lo hordiq uchun avvaldan reja tuzish.  Yoqimli narsani kutish – energiyani uzoq vaqtga ko’paytirishning eng yaxshi usuli. Yurak  muvozanatini saqlash uchun eng foydali maslahat – oyda bir kun butkul yo’lg’izlikda, sokinlikda o’tkazing. Yolg’izlik sizga fikrlaringizni jamlashingizda yordam beradi, hamma muammolaringizni javonga tashlang va uniting.

Bu oz navbatida energiya jamlashingiz uchun oqilona yo’l bo’lib,  sizda hammasi yaxshi bo’lgani uchun yaratganga, yaqinlaringizga “Rahmat” aytishingiz lozim. Va bu quruq so’zlar emas. Minnatdorchilik sizga cheksiz quvvat bag’ishlaydi. Har kuni kechqurun uyqudan besh daqiqa avval ovozingizni chiqargan holda, kun davomida ro’y bergan ijobiy voqealarni eslang: odamlar, qaysiki siz bilan muloqotda bo’lgan, ish, ovqat va boshqalar…  Shunda qalbingiz to’ridan chiqqan minnatdorchilik sizga aksincha cheksiz quvvat bag’ishlaydi.
shifo.uz/article/quvvatni-qanday-oshirish-mumkin

Оставьте комментарий