Robert Kiosaki: Qachon muvaffaqiyat keladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Robert Kiosaki: Qachon muvaffaqiyat keladi?
“Har bir inson istagan narsasini bajarish uchun uning qoʼllari, oyoqlari, boshi va haftasiga 168 soati bor”.
Аmerikalik tadbirkor, yozuvchi va oʼqituvchi Robert Kiosaki oʼzining biznes va shaxsiy rivojlanish sohasidagi treninglari va kitoblari bilan juda mashhurdir. Kiosakining eng mashhur kitobi – “Boy ota, kambagʼal ota”.
“Yutqizishdan qoʼrqmanglar. Gʼoliblar yutqizishdan qoʼrqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik – bu muvaffaqiyat yoʼlining bir qismidir. Muvaffaqiyatsizliklardan qochadigan insonlar – muvaffaqiyatdan ham qochishadi”, – deydi tadbirkor.
“Men doimo hamma narsaga umidsizlik bilan qaraydigan insonlarga hayron qolaman. Ular bu hayotda hech narsaga erishilib boʼlmasligini va muvaffaqiyat faqat tanlangan kishilarga tegishli deb ishonishadi. Hullas, aziz umidsizlar. Uyda yotib, pivani ichib, millionlar haqida hayol suradiganlarga muvaffiqat kelmaydi. Muvaffaqiyat – harakat qilgan, hech voz kechmagan va qattiq ishlagan insonga keladi.”
Boshqalar bu sportchiga hech kim ishonmaydi va uning hech qanday imkoniyati yoʼq desalar, lekin sportchi tanasining har bir hujayrasidagi ogʼrigʼiga qaramasdan, sport zali tomon yursa va harakatni susaytirmasa, keyin esa bu bola Olimpiya chempioni boʼlganda muvaffaqiyat keladi.
Muvaffaqiyat, ota-onasi bolaligidan raqsning kasb emasligini va hayoldan bu foydasiz narsalarni chiqarib tashlashni aytsalar, ammo qiz kechasi va boʼsh vaqtlarida mashq qilish kerakligini va keyin mashhur xoreografga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, kambagʼal oila aʼzolaridan biri, potentsial investorlar eshiklari yonida kun oʼtkazgan, kechalari u loyihalari bilan oʼtirib, keyinchalik “mega-korporatsiya” boshligʼiga aylanganda keladi.
Muvaffaqiyat, agar inson minglab muvaffaqiyatsizliklarga va tushkunlikka qaramasdan, oʼrnidan turib, yana oʼz maqsadiga qaytadigan boʼlsa, orzu uchun koʼp fidokorlik qilganda keladi.
Hayotning rasvo ekanligini va bu narsada biror narsaga erishish mumkin emasligini aytishdan oldin,
• orzuingizni amalga oshirish uchun shaxsan nima qilganingizni oʼylab koʼring?
• Kechalari qancha uxlamagansiz?
• Qancha jarohat olgansiz?
• Necha marotaba qoqilib, yiqilgansiz?
• Hech narsaga qaramasdan necha marta ishingizni tashamagansiz?
Oyoqlarim ogʼriyapti, juda charchaganman, vaqt yoʼq, men isteʼdodli emasman degan bahonalar bilan oʼzingizni aldashni bas qiling. Bu hayotda hamma narsa boʼlishi mumkin. Аgar siz unga ishonib, haqiqatan ham xohlasangiz, Аlbatta, hamma narsa boʼladi! Dunyoda zabt etib boʼlmaydigan choʼqqining oʼzi yoʼq! “

14 комментариев к “Robert Kiosaki: Qachon muvaffaqiyat keladi?”

  1. Уведомление: best site

  2. Уведомление: ccs dumps

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: Henry Firearms

  5. Уведомление: pop over here

  6. Уведомление: devops services providers

  7. Уведомление: Plus d'informations

  8. Уведомление: Investment

  9. Уведомление: woodford reserve kentucky straight bourbon whiskey

  10. Уведомление: magic boom bars dc

  11. Уведомление: microdose gummies denver

  12. Уведомление: Buy Ecuadorian Magic Mushrooms Online Australia,

  13. Уведомление: สล็อตวอเลท

  14. Уведомление: beste borsten

Комментарии закрыты.