Salama ibn Qays al-Ashja’iy

DO`STLARGA ULASHING:

«Uning jangovor mardligi jangchilarga quvvat berdi va uning oldidagi barcha imtixonlar ularga arzimas sanaldi, qiyin yo‘llar u bilan oson bo‘ldi» (Tarixchilardan)
Xalifa Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) kechasi bilan uxlamasdan, Madina ko‘chalarida, tinchilikni saqlab xech kimni osoiyshtaligini buzmaslik uchun aylanib yurdilar.
Uylarni birma-bir ko‘zdan kechirib, bozor va shaharning katta maydonini aylanib, xayollaridan Alloh Rasulining saxobalarini birma-bir o‘tkazdilar. Ulardan birini o‘z jangarlariga qo‘mondon qilib «Axvazga» (Axvaz Iroqni g‘arb tarfidagi mintaqa) yuborib fatx qilishlik uchun. Xursand bo‘lib bir qarorga keldilar:
«Topdim men..Alloh xoxlasa»
Tong otishi bilan Farruq (roziyallohu anh) xuzurlariga Salama ibn Kays (roziyallohu anh) al Ashjaiyni chaqirib dedilar:
«Men seni qo‘mondon qilib Axvazga yubormoqchiman Allohni ismi bilan sayr qilib va Allohni yo‘lida kurashgin, uning yo‘liga qarshi bo‘lganlarni uchratsang oldin ularni islomga chaqir, agar qabul qilsalar unda ikki yo‘l bor biri sizlar bilan birga Mushriklarga jang qilish, ikknchisi uylarida qolishni istasalar unda «zakot» berishliklari shart va jangdan tushgan o‘ljalardan ularga ulush yo‘qdir. Agar sizlar bilan birgalikda jang qilsalar unda sizlar bilan teng xuquqdalar, sizlarga nima tegsa ularga ham siz kabi ulish bor. Agar ular urushdan bosh tortsalar va islomni qabul qilmasalar unda ulardan «Jiz’ya» olinglar va ularni o‘z xoxshilariga qo‘yinglar. Jiz’ya to‘lashlikdan bosh tortsalar unda ular bilan Alloh yo‘lida kurashingiz bunda Alloh Sizga yordamchidir. Agar ular Sizdan Alloh va Rasulining ximoyasini talab qilsalar, ularga Alloh va Rasulining ximoyasini va’da berib, o‘z ximoyangizga olinglar… Ular ustidan g‘alaba qilsangiz ularga qattiq qo‘l bo‘lmangiz va xaddingizdan oshmangiz, bolalarni o‘ldirmasdan xech-kimni qiynamangiz.»
Salama javob berib:
«Eshitdik va itoat qildik, ey mo‘minlar amiri!»
Qo‘lidan qattiq ushlab Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) u kishini safarga kuzatdilar, ketidan namoz o‘qib u kishini haqqiga omad tilab duo qildilar. Axvazga borish yo‘llari tog‘lik va toshloq yerlar bo‘lgani uchun biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Basra va Axvaz mintaqalarigacha ko‘p qal’alar joylashgan edi va ularni ahli «kurdlar» qaysar va jangga chidamli edi. Musulmonlar uchun ularni ustidan g‘alaba qilishlik juda zarur edi. Basra shahrining atrofida forslarni qal’alari joylashganligidan xavotir edilar. Axvazni qanday bo‘lmasin fatx qilishlik zarur edi, chunki o‘sha vaqtda Axvaz jangarilari Iroq ahliga xaf xatar tug‘dirayotgan edi.
* * *
Salama ibn Qays (roziyallohu anh) lashkarlarga bosh bo‘lib «Axvaz»ga yetay deb turganlarida musulmonlarga bu mintaqani o‘zlashtirish biroz qiyin bo‘ldi. Kecha va kunduzi bilan zararli sudralib yuruvchi ilon va chayonlarni chaqishlaridan uxlamasdan tepalik tog‘larda qiynalishdi.
Salama ibn Qays (roziyallohu anh) musulmonlarni ruxini ko‘tarib, ularga vag‘iz qildi va oldilaridagi qiyinchiliklar onson bo‘ldi og‘irliklar esa yengilga aylandi. Vaqti vaqti bilan Salama (roziyallohu anh) jangchilarga qalblarga ta’sir qiladigan go‘zal qur’on oyatlarini kechasi tilavat qilib berardilar. Ularga ilohiy bir nur tushib hammayoq yorug‘ bo‘lib ketgandak edi, ular bu ilohiy nurdan o‘zlarining toliqqanlarini va muxtojliklarini unitar edilar…
Axvazga borishganda Salama (roziyallohu anh) ularga xalifa aytganidek Allohning dinini qabul qilishlikni taklif qildioar, ular esa bosh tortishdi. Keyin ularga jizyani taklif qildilar, ular takkaburlik qilib bu shartdan ham bosh tortishdi. Bundan keyin musulmonlarga boshqa iloj qolmadi, ular bilan kurashishlikka tayyorgarlik ko‘rdilar. Allohning yo‘lida haqiqiy muxojirlarga o‘xshab jixotga bel bog‘lab ajirga intilishdi.
* * *
Ikki tarafdan shavqatsiz qonli urushga kirishildi, bunday urushdagi mardonavarlikni boshqa janglardan topish qiyin. Shunga qaramasdan musulmonlar Allohni yordami bilan g‘alaba qozondilar. Allohni dushmanlari esa mag‘lubiyatga uchradilar.
* * *
Salama ibn Qays (roziyallohu anh) jang tamom bo‘lganidan keyin qo‘lga tushgan o‘ljalarni taqsimlab berib, ularni orasidagi juda qimmat baxo toshlarga ko‘zlari tushdi. Salama o‘z jangchilariga dedilar:
«Kelinglar bu qimmatbaxo mollarni xalifa uchun yuboramiz u kishi ko‘rib xursad bo‘ladilar, Sizlar agar rozi bo‘lsangizlar. Baribir hammamizga bular yetmaydi.
Jangchilar aytilar: «Rozimiz»
Boyliklarni bir xaltaga solib Salama (roziyallohu anh) banu «Ashjaiy» qabilasidan bir odamga berib buyurdilar:
Sen va xizmatkoring Madinaga borib musulmonlar xalifasiga bizni g‘alabamizni yetkazib u kishiga shularni xadya qilasan.
Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) bilan uchrashuv juda qiziq bo‘ldi… Keling shu so‘zni banu Ashjaiy qabilasidagi kishiga bersak o‘zlari gapirib bera qolsinlar:
«Salama ibn Qays (roziyallohu anh) bergan omonatni olib borish uchun ikki tuya va yo‘lga oziq-ovqat sotib oldik va yo‘lga tez xozirlik ko‘rdik. Madinaga borganimizda men Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ni odamlardan surishtira boshladim. Mo‘minlar amirini tobganimda u kishi misoli cho‘pon o‘z qo‘ylarini sug‘organidek ular odamlarga ovqat tarqatayotgan ekanlar. Xizmatkorlari «Yarfaa»ga karab: «Yarfaa ularga go‘shtdan qo‘yil. ..Yarfaa ularga non ham ber.. ..Yarfaa ularga sho‘rvasidan ham sol….» Men ular oldiga borganimda menga ham o‘tir deyishdi, men ham oldingi qatorda o‘tirib oldim ular menga ovqat berishdi. Men ham yedim. Qachon hammamiz yeb bo‘lganimizdan so‘ng Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) Yarfaa xodimlariga: «Idishlarni yig‘ib ol» dedilar. Umar (roziyallohu anh) keyin uylariga qarab ketdilar men ham ularning ketlaridan bordim. Uylariga borganimda kirish uchun izin so‘radim, Umar (roziyallohu anh) izn berdilar, ichkariga kirib ular yung to‘ldirilgan yastiqni biriga o‘tirib ikkinchisini menga berdilar, men ham unga o‘tirdim.. .. Keyin orqalariga o‘girilib, Ummu Gulsumga «Ovqat olib kel!» deb buyurdilar. Men o‘zimga dedim: «Qiziq mo‘minlar amiri qanday ovqat yer ekan? Kunduzgi ovqatga ular uchun non va zaytun yog‘i, tuzlangan va maydalangan donni olib kelishdi. Menga qarab «ol yegin?» dedilar, o‘zlari ozgina yegan bo‘ldilar. Men umrim bo‘yi bunday go‘zal va ozoda ovqat yegan kishini ko‘rmagan edim. Keyin arpali suvni olib kelishdi menga uzatishni buyurdilar, kosadagi suvdan ozgina ichdim.. uyimdagi suv bundan shirin va yoqimli edi, mendan so‘ng o‘zlari chanqoqlorini qondirib ichdilar. «Allohga hamd bo‘lsin bizni yedirib va sug‘organiga va biz undan qoniqdik» — dedilar. Keyin men Umarga qarab dedim:
«Men sizni oldingizga elchi bo‘lib keldim».
«Qaerdan» — deb so‘radilar.
«Salama ibn Qays (roziyallohu anh)ning oldidan».. dedim.
«Marxabo Salama (roziyallohu anh) va uning elchisiga, xabar ber musulmonlar haqida.. ..
 «Sizga xush xabarki, ey mo‘minlar amiri! Allohni yordami bilan dushmanlar ustidan g‘alaba qildik». Keyin men ularga qanday g‘alaba qilganimizni va jangchilar xolidan so‘zlab berdim
«Allohga maqtov bo‘lsin»… dedilar, «Agar u nimani bersa ortig‘i bilan beradi».
«Basraga kirib o‘tdingmi?» … so‘radilar mendan.
«Xa, Ey Mo‘minlar amiri.
«Ular qanday axvolda ekan?»
«Allohning inoyati bilan ular yaxshilar».
«Ularda narx-navo qanday» — so‘radilar.
«Ularni narx-navosi juda pastdur»… dedim.
«Go‘sht masalasi qanday, Arablar uchun go‘sht muxumdir, u siz ularga qiyin bo‘ladi».
«Ularda doyim go‘sht bor, hammasi yaxshidir».
Meni qo‘limdagi o‘ralgan qimmatbaxo toshlarga qarab «Nima u qo‘lingdagi?»
«Alloh bizga yordam berib, dushmanlar ustidan g‘alaba qildik va bu o‘ljalarni qo‘lga kirittik. Salama (roziyallohu anh) bu qimmat baxo toshlarni jangchilar orasida taqsimlay olmasligini bilgach, bu mollarni jangchilarga yetmay qolishidan xovotir olib, ularni roziligi bilan sizga yuborishni lozim ko‘rdilar, ular ham rozi bo‘lishdi.»
«Keyin qo‘limdagi xaltani berdim»…
«Ular xalta ichiga qarab, yuzlari qizarib xar xil rangga kirib, joylaridan sakrab turib, qo‘llarini tortib olib, xaltani yerga uloqtirdilar. Ichidagi toshlar xar tarafga sochilib ketdi. Ayollar to‘sib qo‘yilgan pardaga yopishib, meni qotil deb o‘ylashdi. Umar xizmatkorlari Yarfaaga qarab:
«Ur mana buni, yaxshilab adabini berib qo‘y dedilar.»
Men ularni xaltaga yig‘a boshladim, Yarfaa esa menni urar edi. Umar (roziyallohu anh) dedilar:
«O’rningdan tur bebaxt va sen Yarfaa urishdan to‘xta uni.»
«Ey Mo‘minlar amiri! Bizga Axvazga yetib olishimiz uchun ikki tuyamizni qaytarib bersangiz men va xodimim uchun. Sizni xizmatkorlaringiz bizdan tuyalarimizni olib qo‘yishdi.»
Keyin ular menga buyurib:
«Qachon sen bu tuyalarni o‘z ishing uchun ishlatib bo‘lsang, ularni sendanda muxtojroq odamga bergin dedilar.»
«Xa men shundoq qilaman ey mo‘minlar amiri siz aytganizdek, Alloh xoxlasa.»
Yana menga qaratib aytdilar:
«Allohga qasamki agar jangchilar bu g‘animatlarni olmasdan tarqab ketsalar sen va do‘sting Salama ibn Qays (roziyallohu anh) uchun juda katta falokat bo‘ladi.»
Men biron bir vaqt yo‘lda sekinlashmasdan tez Salama (roziyallohu anh)ni oldiga yetib borib dedim:
«Menga Allohning barakasi bo‘lmadi, bu buyurgan ishingizda ey Salama (roziyallohu anh). Bu g‘animatlarni jangchilar orasida darxol taqsim qilib Bering, bo‘lmasa biz uchun qo‘rqinchli balolar tegishi mumkin. Keyin men ularga boshidan bo‘lgan voqeani gapirib berdim. Salama ibn Qays (roziyallohu anh) joylaridan jilmasdan hamma g‘animatni jangchilarga taqsimlab berdilar.»
Alloh ulardan rozi bo‘lsin.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek