Sardor Mamadaliyev — Bo’ri

DO`STLARGA ULASHING:

Sardor Mamadaliyev — Bo’ri 

Bo`ri bo`lsang, bo`riday bo`l,
Bo`rilarning zo`riday bo`l.
Gar uvlasang, ko`kdan yulduz to`kilsin,
Ohularning jon choklari so`kilsin.

Agar bunday qila olmasang,
Unda itga cho`riday bo`l. (x2)

Burgut bo`lsang, burgut bo`lgin,
Qanot yozsang, ko`kka to`lgin.
Osmon sendan shiddat kutar,

Changalingda tog`ni ko`tar.

Agar shunday qila olmasang,
Unda tamom, bulut bo`lgin. (x2)

Yigit bo`lsang, yigit bo`lgin,
Bo`ri, ham sher, burgut bo`lgin.
Har bir so`zing qasaming bo`lsin,
Mag`rib-mashriq qadaming bo`lsin.

Agar shunday bo`la olmasang,
Bir so`z dema, sukut bo`lgin. (x2)

Odam bo`lsang, odami bo`lgin,
Ahli iymon hamdami bo`lgin.
Yaxshilarning yaxshisi bo`lgin,
Yaxshilikning baxshisi bo`lgin.

Agar shunday bo`la olmasang,
Bu dunyoning bir kami bo`lgin. (x2)
Bu dunyoning bir kami bo`lgin,
Bo`ri bo`lsang, bo`riday bo`l. (x2)

Оставьте комментарий