Semizlik nima o‘zi?

DO`STLARGA ULASHING:

Semizlik nima o‘zi?
Semizlik bu – kasallik bo‘lib, yog‘ to‘qimasining teri osti yog‘ kletchatkasi, charvi, ko‘ks oralig‘i va tananing boshqa joylarida me’yordan ortiqcha yog‘ to‘planishi.
Amerika endokrinologlari uyushmasining 23 kongressida berilgan ta’rifiga ko‘ra bu – surunkali kasallik bo‘lib, yog‘ to‘qimasininig ortiqcha to‘planishi bilan kechadi (“adiposity-based chronic disease (ABCD)”.
Amerika metabolik va bariatrik xirurgiyalar uyushmasining 2015 yili bergan ta’rifiga ko‘ra semizlik – surunkali, doimiy rivojlanuvchan, ko‘p faktorli, neyropsixologik holat bo‘lib, bunda yog‘ning organizmda ko‘payishi, yog‘ to‘qimasi vazifasining buzilishi va yog‘ning yondosh a’zolarga biomexanik ta’sir etishi natijasida kishi sog‘lig‘iga metabolik va psixologik-ijtimoiy ta’sir etishi bilan kechadi (American Sociyety for Metabolic & Bariatric Surgery Updates to the 2014-2015).
Semizlik qadim zamonlarda to‘qchilik, to‘la-to‘kis ta’minlanganlik va badavlatlilik belgisi bo‘lgan, hatto eramizdan oldingi asrlarda ham semiz kishilar hurmat va izzatda bo‘lganlar.
Semizlik qanday yuzaga keladi va kimlarni semiz deyish mumkin?
Semizlik iste’mol qilingan ovqatning energetik quvvati bilan organizmning sarf qilgan energiyasi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, ya’ni kam energiya sarf qilib ko‘p qabul qilish natijasida ortiqcha energiya yog‘ shaklida tananing har xil qismlarida to‘planib qolishi natijasida yuzaga keladi.
Odam organizmi, evalyutsion tarzda ovqat yetarli bo‘lgan paytda uni zaxira sifatida to‘plash va ovqat yetarli bo‘lmaganda uni sarflashga moslashgan. Biroq uning haddan tashqari ko‘p to‘planishi va sarf etilmasligi kasallikga olib keladi.
Semizlikni keltirib chiqaruvchi faktorlar:
– kam harakatlanish;
– genetik faktorlar, ya’ni lipogenez (yog‘ hosil qiluvchi) fermentlar faolligining oshishi va lipoliz (yog‘larni parchalovchi) fermentlar faolligining pasayishi;
– endokrin kasalliklar (gipogonadizm, gipotireoz, insulinoma);
– noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlari (ovqatlanishning psixogen buzilishi);
– stresslarga beriluvchanlik;
– gipotalamus funksiyasining buzilishi;
– psixotrop dori vositalarini istemol qilish;
– uyqusizlik;
– gormonal kontratseptivlarni qo‘llash;
– insulin va insulin sintezini kuchaytiruvchilar iste’mol qilish.
Ushbu sababalardan eng ko‘p uchraydigani kam harakatlanish, noto‘g‘ri ovqatlanish va genetik faktorlardir.
Qanday holatlar semizlik deb baholanadi va u qanday o‘lchanadi?
Bugungi kunda semizlikning bir necha darajasi mavjud va uni aniqlashning ham har xil usullari bor.
Asosan semizlikni aniqlashda “Tana vazni indeksi”dan foydalaniladi.
Bu kilogramlarda aniqlangan tana vaznini kishi bo‘yini metr kvadratiga bo‘linmasiga teng. Ya’ni, tana vazni indeksi = tana vazni (kg) / bo‘yi m2
Shunga asosan semizlik darajalari quyidagicha belgilanadi:
Tana vazni indeksi normada 18,5-24,9 kg. gacha bo‘ladi
– 25-29,9 kg – ortiqcha vazn deb aytiladi;
– 30-34,9 kg. – semizlik birinchi darajasi;
– 35-39,9 kg. – semizlik ikkinchi darajasi va
– Tana vazni indeksi 40 kg. va undan ortiq bo‘lsa semizlik uchunchi darajasi yoki morbid semizlik deb aytiladi.
– Tana vazni indeksi 18,5 kg.dan kam bo‘lsa vazn yetishmovchiligi hisoblanadi.
Odam tanasida ortiqcha yog‘ yig‘ilishi asosan 2 xil ko‘rinishda bo‘ladi. Erkaklarda asosan android turidagi yog‘ yig‘ilishi kuzatiladi, ya’ni yog‘ asosan qorin devori va qorin ichida (visseral semirish) va bu olma shaklidagi semirish deb ham aytiladi.
Ayollarda yog‘ asoan ginoid shaklida yig‘iladi, ya’ni yog‘ son va tos sohasida va bu nok shaklidagi semirish deyiladi.
Android Ginoid (Olma shaklida) (Nok shaklida)
Magnitli-rezonans tomografiyatanadagi yog‘ miqdorini aniqlashning eng aniq va qulay usuli hisoblanadi.
Odatda odam organizmidagi yog‘ miqdori, analizatorli oddiy tarozida bioimpidansometriya usuli orqali aniqlanadi.
ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek