Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi?

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun kitobni eshitish emas, oʻqish koʻproq samara beradi? 🎧🆚📖

Bugungi kunda audiokitoblarni topish muammo emas. Ularni tinglash ham, internet tarmogʻidan bir necha soniya ichida yuklab olish ham juda qulay. Biroq, nima uchun ular bosma kitoblarning oʻrnini bosa olmayapti? Nima uchun kitob oʻqish, audiokitob tinglashdan koʻra foydaliroq ekanligini bilasizmi?

Audiokitoblarni nima uchun tanlaymiz?

Oʻz vaqtida kitoblarni fonograf orqali eshitishni taklif qilgan Tomas Edison ushbu usulning qanchalar ommalashib ketishini tasavvur ham qilmagan boʻlsa kerak. Birgina Angliyada audiokitob sotuvidan tushadigan daromad koʻrsatkichi 2013-yildan 2017-yilga qadar 148 foizga oʻsgan.

Buning sababi ham tushunarli. Audiokitoblarni tirbandlikda, navbatda turganda ham, uy ishlari bilan band boʻlgan holatda ham eshitish mumkin. Ular bosma kitoblarga nisbatan arzon turadi, javondan joy egallamaydi. Audiokitoblarni yaratish ham oson. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan insonlar undan istalgancha foydalanishlari mumkin.

Nima uchun bosma kitoblarni magʻlub qilib boʻlmaydi?

• Audiokitobga suratlar, jadvallar ilova qilish imkoni yoʻq;
• Audiokitob oʻqiyotgan odamning ovozi matnni toʻliq tushunib olishga halal beradi;
• Audiokitobning mazmuniga tushunish nisbatan koʻproq vaqt oladi.

Eng muhimi:

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida, audiokitob tinglagan odamlar boshqa ish bilan band boʻlmasalar ham jarayon davomida koʻproq chalgʻishlari aniqlangan. Inson koʻzlari bilan oʻqigan kitobini quloqlari bilan eshitgan ovozdan koʻra osonroq eslab qoladi va qabul qiladi.

Audiokitoblar maʼlum darajada ustunlikka ega boʻlgan format – video hisoblanadi. London universiteti olimlari odamlar kitobdagi hodisalarni ekran orqali koʻrsalar, uni yaxshiroq tushunishlarini isbotlab berishgan.

📝 Manba: Xabardor.uz

Оставьте комментарий