Sir Charles Spencer «Charlie» Chaplin haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Sir Charles Spencer «Charlie» Chaplin (16-aprel 1889-yil va 1977-yil 25-dekabr orasida yashagan) ingliz komik aktyori, rejissor, bastakor, ovozsiz kino davrining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.CHAPLIN— amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariychi, prodyuser. Faoliyatini 1897 yil myuzikxoll sahnalarida chiqishdan boshlagan. 1907—1912 yillar F.Karno pantomima teatrida ishladi. 1913 yil AQShga qilgan gastroli paytida «Kistoun» kinokompaniyasi bilan kontrakt tuzadi va M. Sennet rahbarligida filmlarda suratga tusha boshlaydi.»Daydi», «Bank», «Yollangan», «Tinch koʻcha», «Xorijlik» va boshqa uning dastlabki filmlaridan namunalar. «It yotish, mirza turish», «Yelkaga», «Quyoshli tomon», «Kichkintoy» singari filmlarida Chaplin mahoratining yangi qirralari ochildi. «Oltin jazavasi», «Sirk», «Katta shahar chiroqlari», «Buyuk diktator», «Mesye Verdu», «Rampa yorugʻi» (1952, «Oskar» mukofoti, sanʼat choʻqqisiga koʻtarilgan filmlardan) filmlari Chaplin ijodining durdonalari edi.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek