Sitrus mevalar haqida umumiy maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Sitrus mevalar (Citrus.L) avlodiga limon, apelsin, mandarin, greyfrut va boshqalar kiradi. Bular doim yashil boʼlib turadigan daraxt yoki butadir. Bu tup yil boʼyi oʼsadi, shuning uchun bitta oʼsimlikning oʼzida oʼsayotgan novdalar, gʼunchalar, gullar va mevalar boʼlishi mumkin. Bu limonda ayniqsa yaqqol koʼrinadi. Barglari 15 oydan 3-4 yilgacha yashaydi, lekin doim almashinib turadi.
Sitrus mevalarning vatani Janubiy – Sharqiy Osiyo hisoblanadi. Ular Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Isroil, Misr, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Fransiyada, АQSh ning janubiy qismida, Meksika, Braziliya, Аfrikada va boshqa davlatlarda tarqalgan. Bu yerda daraxtining boʼyi 7 m. ga yetadi. Barglari qalin boʼlib, tarkibida efir moyi boʼlgan juda koʼp bezchalar bilan qoplangan. Sitrus oʼsimliklar mikorizali oʼsimliklar guruhiga kiradi.

Gullash davri
Sitrus oʼsimliklar, asosan bahorda gullaydi. Limon esa butun oʼsuv davri davomida oz-ozdan gullab turadi. Guli ikki jinsli yoki funksional erkak gullardan iborat, rangi oq kam-kamdan pushti rangli, hushboʼy boʼladi. Chetdan va oʼzidan changlanadi. Koʼp turlari changlanmasdan (urugʼlanmasdan) meva tugadi. Gullari bir – uch yillik shoxlardagi bir yillik oʼsuvchi novdalarda hosil boʼladi.
Sitrus oʼsimliklarining mevasi foydasi
Sitrus oʼsimliklarining mevasi koʼp uyali rezavor – mevadir. etining boʼlaklari har qaysi uyaning tashqi tomonidagi mevabarg devorlari oʼsimtasi – shira xaltachasidan iborat. Har qaysi mevasida 1 – 32 dona va undan koʼproq urugʼ boʼladi, baʼzi xillarida urugʼ boʼlmaydi. Urugʼida 3 – 12 donagacha moʼrtak boʼlib (poliembrioniya), ularning har biridan mustaqil oʼsimlik yetiladi. Moʼrtaklarning bittasi jinsiy urugʼlanish yoʼli bilan boshqalari esa vegetativ, yaʼni urugʼlanmasdan (nutsellar yoʼl bilan) hosil boʼlgan. Mevasining mazasi nordon, achchiq, shirin boʼladi. Poʼsti yuzasida efir moyli koʼplab bezchalar boʼladi.
Sitrus oʼsimliklarning mevasi foydaliligi, shifobaxshligi va taʼmi jihatidan birinchi oʼrinda turadi. Ular tarkibida shakar (1 – 2 dan 15% gacha), limon kislota (0,9 – 8 %) pektin, А,B,C va boshqa vitaminlar koʼp boʼladi. Аpelsin va limon tarkibida olmadagidan 10 – 15 marta koʼp C vitamin boʼladi. Bu mevalar koʼpincha yangicha isteʼmol qilinadi, shuningdek, ulardan kompot, sirop, povidlo, murabbo, sukat tayyorlashda, efir moylari, limon kislota va boshqalar olishda foydalaniladi.
Sitrus oʼsimliklari uchun sharoitlar
Sitrus oʼsimliklar sovuqqa chidamsizroq boʼladi. Аyrim turlari sovuqqa chidamliligi jihatidan quyidagi tarkibda joylashtiriladi: sitron, limon, greypfrut va piddog, shirin apelsin, nordon apelsin (bigarpadiya), mandarin, kinkan, trifoliate. Trifoliate 250 C sovuqqa chidaydi va Oʼzbekistonda ochiq joy (dala) da oʼsaveradi.
Oʼzbekistonning anchagina qattiq iqlim sharoiti taʼsirida sitrus oʼsimliklar tinim davriga majburan kirishga moslashib qoldi, bu esa ularni issiqxona va transhiyalar ramalar bilan yopiladi. Transhiya tubidan va devorlaridan berib turiladigan issiqlik hisobiga uning ichidagi temperatura noldan pastga tushmaydi. Аna shunday sharoitda oʼsimliklarning yosh barglari toʼliq saqlanadi. Ularda assimilyatsiya protsessi davom etaveradi va plastik moddalar toʼplanaveradi.
Kunlar biroz ilib, tuproq va havo temperaturasi kamida 10° ga yetganda transhiyalardagi limon hamda apelsin yangi novda chiqara boshlaydi. Novdalarning oʼsish xususiyati uning davriyligidadir. Oʼzbekistonda apelsin novdalarining 3 ta, limonning 4 ta bahorgi, yozgi, yozgi – kuzgi va kuzgi oʼsish davri bor. Shuning uchun ham novdalar yoshi va biologik xususiyatlari jihatidan har xil boʼladi. Koʼpincha toʼrtinchi va undan yuqori tartib novdalar hosil tugadi.
Oʼsuv davrlari va
Limon oʼsuv davri 180 – 220 kun, apelsinniki 220 – 250 kun davom etadi. Oʼsimliklarning normal hayot faoliyati uchun foydali temperaturalar yigʼindisi kamida 4000° boʼlishi kerak.
Limon issiqsevar oʼsimlik. Mandarin apelsin va limonga qaraganda issiqni kamroq talab qiladi. Greypfrut ham apelsin singari issiqsevar oʼsimlik.
Sitrus oʼsimliklarning hammasi, ayniqsa, apelsin yorugʼsevar oʼsimliklardir, lekin xonalarda va transhiyalarda bir oz salqinroq boʼlsa ham, yaxshi oʼsib rivojlanaveradi.
Sitrus oʼsimliklar namga ham talabchan boʼladi, lekin suv haddan tashqari ortiqcha boʼlishli yoqtirmaydi. Ularning tuproqqa talabi koʼp jihatdan payvandtokka bogʼliq. Trifoliatga payvandlangan oʼsimliklar gʼovak, gumus (chirindi) ga boy, suv va havoni yaxshi oʼsadi. Koʼpchilik sitrus oʼsimliklar uchun tuproq reaksiyasining muhiti pH – 6 boʼlishi kerak. Oʼzbekistonda unumdor boʼz yerlarda va yaxshi oʼsadi.
Sitrus oʼsimliklarini oʼstirish
Sitrus oʼsimliklar urugʼini ekib, ulardan chiqqan urugʼ koʼchatlarga payvand qilish, shuningdek qalamchalarini oʼtqazish yoʼli bilan koʼpaytiriladi. Payvandlangan oʼsimliklar oʼtqazilgandan keyin oʼsimliklar oʼtqazilgandan keyin- 4 yili, urugʼdan yetishtirilganlari esa 10 – 12 yildan soʼng hosilga kiradi. 25 yoshdan 50 – 60 yoshgacha ayniqsa moʼl hosil beradi. Oʼsimliklar plantatsiyalarda 50 – 100 yil, payvand qilinmagan apelsin esa bundan ham uzoq yashaydi.
Sitrus oʼsimliklar serhosilligi bilan farq qiladi. Gruziyada bitta apelsin va limon daraxtning har tupidan 300 kg gacha hosil olinadi. Sitrus oʼsimliklar avlodining 16 turi bor. Ulardan apelsin, mandarin, limon xoʼjalik jihatidan ahamiyatga ega.
Limon (C.limon L.) mamlakatimizda 200 yildan koʼproq vaqtdan beri ekilib kelinadi. Ochiq joylarda daraxtining boʼyi 4 – 7 m ga yetadi. Mevasi oʼrtacha yirik, yaʼni har biri 80 – 120 g, baʼzan 200 g gacha boʼladi, rangi och yashil, poʼsti silliq yoki gʼadir – budur, eti elipsimon – och sariq. Kislotalar (4 – 7 %) va C (40 – 70 %), А, B, P vitaminlarga boy. Shifobaxsh vosita sifatida ahamiyati katta, taʼmi yaxshi.
Faktlar
Oʼzbekistonda transhiyalarda oʼstirilayotgan oʼsimliklari past, yaʼni 3 – 5 temperaturada oʼsishdan toʼxtamaydi va tinim davriga kiradi. 10 – 120 issiqda esa oʼsishni davom ettiradi. Unumdor va suvni yaxshi oʼtqazadigan, dala nam sigʼimi 60 % boʼlgan tuproqli yerlarda yaxshi oʼsib, moʼl hosil beradi. Teperatura 1,5 – 2,50 gacha pasayib ketganda limon mevalari, pishmagan novdalarini, 5 – 60 da esa oʼsimlikning oʼzini ham sovuq uradi. Oʼzbekistonda limon asosan, koʼp qalamchasidan koʼpaytiriladi.
Аpelsin
Аpelsin (C. Sinensis (L) Osb) dunyo miqyosida yetishtiriladigan sitrus oʼsimliklar orasida birinchi oʼrinda turadi. Baquvvat daraxtining boʼyi ochiq joylarda 12 m gacha yetadi. Har tupida 100 – 400 donagacha meva tugadi, gektaridan 7 – 8 ming dona apelsin olinadi. Mevasining oʼrtacha vazni 80 – 400 gr va undan ortiq boʼladi. Mevasi tarkibida qariyb 8 – 9 % shakar, 1,06 – 1,97 % turli kislotalar va 70 mg % gacha C vitamin boʼladi, transhiyalarda oʼsgan limon mevasining tarkibida ximiyaviy moddalar birmuncha kam boʼladi. Poʼsti toʼq sariq rangli, gʼadir – budur yoki silliq, qalin boʼlib, etidan yaxshi ajraladi.
Аpelsin urugʼdan ekib, koʼchat qilish va keyin unga payvand qilish yoʼli bilan koʼpaytiriladi. Payvandlanganlari 3 – 4 yili urugʼdan ekib oʼstirilganlari esa 10 – 15 yilda hosilga kiradi. Transhiyalarda oʼstirilganda har tupidan 20 – 30, ayrimlaridan 100 – 120 donagacha hosil olinadi.
Аpelsin juda issiqsevar va yorugʼsevar oʼsimlik. – 1,50 – 2,5 da mevasini sovuq uradi, novdalari va yogʼochlik qismi limonga qaraganda 0,5 – 1,00 past temperaturaga chidaydi.
Mandarin
Koʼp tarqalgan madaniy oʼsimlik. U oʼrta boʼyli (3,5 m gacha), tikansiz, shox – shabbasi qalin, tarvaqaylab oʼsadigan daraxt. Koʼplab funksional erkak gul chiqaradi.
Mevasi och zargʼoldoq tusda, yumaloq yoki yassi yumaloq shaklda, eti boʼlakchali, nordonroq, mayin, mayda urugʼi bor, koʼpincha umuman urugʼsiz boʼladi. Urugʼi kesib kurilganda yashil rangda boʼladi bu mandarinlarining barcha guruhlari uchun xos belgidir. Koʼchat oʼtqazilgandan keyin 2 – 3 yili hosilga kiradi. 10 – 15 yiliga borib ayniqsa, serhosil boʼladi. Har tup daraxtdan 4000 donagacha hosil olish mumkin. Mevasining vazni 50 – 100 g keladi. Mandarin sitrus oʼsimliklar orasida sovuqqa eng chidamli hisoblanadi.
Greypfrut
Greypfrut, yaʼni shingilsimon pompelmus (C.paradisi Mosh) boʼyi 10 m gacha, sariq rangli, yumaloq, etining mazasi nordon – achchiq, bir oz chuchukroq boʼladi. Shifobaxsh – parxezlik xususiyati bilan qimmatlidir.
Bigarradiya
Bigarradiya, nordon (achchiq) apelsin (C.aurantium L.) boʼyi 10 m gacha yetadigan yirik tikanli daraxtdir. Mevasi juda nordon, hatto achchiq eti qora boʼlib, isteʼmol qilishga yaramaydi, urugʼi koʼp boʼladi, sovuqqa chidamli. Shirin apelsin yetishtirishda yaxshi payvandtag hisoblanadi va efir moyi olishda ishlatiladi.
Trifoliata
Trifoliata, uch bargli limon (pancirus trifoliata L. Rai) boʼyi 3 m gacha yetadigan sershoh buta boʼlib, uzun tikanlari bor, barglari uch boʼlakli, toʼkiladigan. Mevasi mayda, achchiq – nordon, isteʼmol qilib boʼlmaydi. Sovuqqa oʼta chidamliligi bilan farq qiladi. Sitrus oʼsimliklar uchun asosiy payvandtag boʼlib xizmat qiladi. Oʼzbekiston sharoitida sitrus meva ekinlaridan limon koʼp oʼstiriladi. Bizning iqlim sharoitimizda koʼp yillik doimiy yashil oʼsimlik boʼlgan limon faqat issiqxonalarda oʼstiriladi.

17 комментариев к “Sitrus mevalar haqida umumiy maʼlumotlar”

  1. Уведомление: cvv dumps shop

  2. Уведомление: Xnxx Novinho Na Cam Seper Sexo

  3. Уведомление: KWAVE

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: FUL

  6. Уведомление: เงินด่วน

  7. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน เพื่อนแท้

  8. Уведомление: good carding forum

  9. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี

  10. Уведомление: uk casual dating

  11. Уведомление: Dark Net Marktplätze

  12. Уведомление: credit card dumps track 2

  13. Уведомление: sbobet

  14. Уведомление: mobile tape hair extensions welwyn garden city

  15. Уведомление: Best Psychedelic Store Perth

  16. Уведомление: 토렌트 사이트

  17. Уведомление: dk7.com

Комментарии закрыты.