Mevalar haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Mevalar.

Biz shirin-shakar mevalar,
Bugun tortiq sizlarga,
Keling zukko bolalar,
Ta’rif bering bizlarga.

Shaftoli,olma,anor,
Qaroli,olhuri bor,
Sabzavotlar bir tomonda,
Bugun keldik mehmonda.

Sabzi,piyoz,kartoshka,
Bugun keldik xosil oshga,
Bugun bayram o’ynaymiz,
Kuy qushiqlar tinglaymiz.

✍️: Islomova Mukambar


Shaftoli

Bizni derlar shaftoli,
Ta’mimiz shirin bolli,
Pishsak bo’lamiz xil-xil,
Ranglarimiz har-xil.

✍️: Islomova Mukambar


Olma.

Biz bog’dagi olma,
Xomligimda olma,
Pishganda olib yegin,
Bog’bonga raxmat degin.

✍️: Islomova Mukambar


Anor.

Mevalarni shoximan,
Yesangiz ox-oxman,
Nordonimiz ham foyda,
Isitma yuq u bor joyda.

✍️: Islomova Mukambar


Uzum.

Bizni derlar uzum,
Aytay sizga chin so’zim,
Eng foydali qoqimimiz,
Ko’paytirar qoniz.

✍️: Islomova Mukambar


Behi.

Mevalar durdonasi,
Bizlar uni onasi,
Behimiz xushbuy hidli,
Vitaminga boy totli.

✍️: Islomova Mukambar


Olhuri.

Mevalarning eng zo’ri,
Bizni derlar olhuri,
Dardingiz olamiz,
Yurakka davomiz

✍️: Islomova Mukambar


Tarvuz.

Mag’zimiz qip-qizil,
Ko’tarsangiz og’ir zil,
Chanqoq bosti tarvuzmiz,
Ancha dardga davomiz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий