“ Sizga ta’zim, ustozu muallim!» tadbir ssenariysi

DO`STLARGA ULASHING:

» Sizga ta’zim, ustozu muallim!
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz va mo’tabar ustozu murabbiylar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli va mehri daryo ustozlar. Ulug’ ustozlarimiz bayramiga bag’ishlangan » Sizga ta’zim, ustoz muallim!” deb nomlangan tantanali kechamizga xush kelibsiz!
2-boshlovchi: Vatan – inson uchun bebaho boylik Vatanning borligi odamga ulkan g’urur iftixor baxsh etadi. Chunki insonning eng pokiza va muqaddas tuyg’ulari o’zi tug’ilgan, voyaga etgan zamin – vatani bag’rida uyg’onadi, kamolga yetadi.
1-boshlovchi:
Ajdodlari dono o’tgan Vatanim,
Avlodlari a’lo o’tgan Vatanim,
Alpomishday dev qomatu sarviqomat,
Barchinlari barno o’tgan Vatanim.
O’quvchilardan Vatan haqida she’rlardan tinglaymiz.
1-boshlovchi:
Rost aytsam, o’zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho,
Ulug’ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug’ salom bu.
2-boshlovchi: Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi, buyuk kelajagimiz O’zbekistonga fidokorona xizmat qilayotgan, uning yuksak va qudratli bo’lishi uchun kurashayotgan davlat va millat manfaatlari yurakdan his etayotgan.
1-boshlovchi:
Iste’dodli va sadoqatli, har tamonlama sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda o’z zimmasiga katta mas’uliyatni olgan mehri daryo muallimlar va murabbiylar! Sizlarni ulug’ ayyomingiz bilan muborakbod etamiz.
2-boshlovchi:
Ustoz deganda, har bir inson ko’nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o’lchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi.
1-boshlovchi:
Bu yorug’ olamda onadek mehribon, otadek g’amxor, har birimiz uchun aziz va mo’tabar bo’lgan ulug’ zot bu muallim va murabbiylardir.
2-boshlovchi:
Bu buyuk zotga xalqimiz azaldan hurmat bajo etgan. Qur’onu karimda «Ilmni berga va yuksaltirganlarning ikki dunyosi yorliqab, martabalari ulug’ qilinajak”- deydilar, demak , ustozlarga Ollohning nazari tushgan,
1-boshlovchi:
Aziz xalqimizning bir naqlida «Sen odamlarga 1 yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang bug’doy ek, 10 yil yaxshilik qilmoqchi bo’lsang bog’ qil, umr bo’yi yaxshilik qilmoqchi bo’lsang, o’qituvchilik qil” deydilar. Chunki o’qituvchilik eng olijanob kasbdir.
2-boshlovchi:
Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu,
Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar
Munis muallimlar, sizga tashakkur.
1-boshlovchi:
O’qituvchilarning mehnati ham azaldan xalqimiz tamonidan qadrlangan, Ayniqsa, ota-bobolarimiz orzu armonlari amalgam oshayotgan istiqlol yillarida yurtboshimiz tomonidan ustozlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilib kelmoqda. 1997 yildan e’tiboran Prezidentimizning maxsus farmoniga binoan har yili «1 oktabr – o’qituvchilar va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
2-boshlovchi: Aziz ustozlar, sizni e’zozlamagan shoir, ta’riflamagan shogird topilmasa kerak. Sizni yulduzlarga qiyos etgim keladi.Negaki yulduz qorong’u tunni yoritsa, siz chuqur bilimingiz bilan shogirdlaringiz dilini yorxitasiz.
1-boshlovchi:
Muallim shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi. Insonni haqiqiy komillik darajasiga yetkazuvchi bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.
2-boshlovchi:
Aqlimni tanibman yorgagim bilim,
Murabbiy qoshida chuchraib tilim ,
Ong ko’zu baxt bilan undosh muallim.
1-boshlovchi:
O’qituvchi- mash’ala. U o’zi yonib o’zgalar yo’lini yoritishga umrini, bag’ishlagan fidoyi insondir.
2-boshlovchi:
Muallim-matonat timsoli. U mehr-muhabbat, ezgulik ramzi. Zero, bolaning murgak qalbiga ezgulik urug’ini qadagan, ilmga tashnalik, ota –ona, vatanga mehr hissini uyg’otadigan xaqisor inson-oddiy o’qituvchidir.
1-boshlovchi:
Alisher qalbiga slogan sehr-fayz,
Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Jays,
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
(ustozlar haqidagi she’rlar).
1-boshlovchi:
O’qituvchi ko’z nuri, qalb qo’rini shogirdlariga beradi.
2-boshlovchi:
Ha juda to’g’ri. Ustoz bizga mehrini, bilimini fido qiladi.
1-boshlovchi:
Kelajagimiz egalari bo’lgan biz yoshlar avlod qalbiga mehr bilan ma’rifat nurini sochayotgan, o’ngimizni milliy istiqlol g’oyalari bilan boyitayotgan, insonning o’zligini tanitayotgan Siz ustozu azizlardan biz hamisha minnatdormiz. Har doim sizlar bilan faxrlanamiz.
2-boshlovchi:
Qo’shiq : Sotimova Zuhra, Muhammedova O’g’iljon, Ikromboyeva Munojotlar ijrosida «Ustozlar” qo’shig’ini tinglaymiz.
1-boshlovchi:
Ulug’ xalqimiz ustozlarni e’zozlab «Ustozning umri mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi” deyishgan.
2-boshlovchi:
Ha juda to’g’ri. Muallim- ustoz shunday mo’tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir.
1-boshlovchi:
Aziz ustozlar, siz haqingizda qanchadan – qancha gapirsak, sizni madh etsak shuncha oz.
1-boshlovchi:
Aziz mehribon ustozlar, sizlarni yana bir bor bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
2-boshlovchi:
Sizlarga sog’u salomatlik barkamol avlodni tarbiyalash yo’lidagi mashaqqatli, lekin ulug’ va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar va omad, oilangizga esa tinchlik, shodu xurramlik tilaymiz.
1-boshlovchi:
Shogirdlaringiz va farzandlaringiz kamolini ko’rish barchangizga nasib etsin.

http://dinora.uz/

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek