Smartfondagi sun’iy intellekt nima va u qanday ishlaydi?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfondagi sun’iy intellekt nima va u qanday ishlaydi?
So‘nggi bir necha yil ichida sun’iy intellekt (https://t.me/gsmgurus_FAQ/468) tizimlarining rivojlanishi trendga aylandi. Buni, ayniqsa, smartfonlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin — AI (artificial intelligence) turli vazifalarni optimallashtirish uchun qo‘llaniladi.
AI qanday qilib smartfonlarda paydo bo‘ldi?
Oddiy dastur, inson tomonidan yozilgan muayyan algoritmga binoan biror vazifani bajaradi. Agar bunday vazifalar ko‘p bo‘lsa yoki dastlabki ma’lumotlar va shartlar doimo o‘zgarib tursa-chi?
Inson katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlay olmaydi va minglab algoritmlarni yoza olmaydi. Shu sabab ham ushbu vazifani jonsiz mashina bajargani ma’qul.
Asosiysi uni to‘g‘ri sozlash lozim, shunda uning o‘zi optimal yechimni izlay boshlaydi. Sun’iy intellekt va uning bir bo‘limi bo‘lgan mashinalashtirilgan o‘rganish (mashinnoye obucheniye) aynan shu sabab paydo bo‘ldi. Mashinalashtirilgan o‘rganish algoritmlaridan biri bu — neyron tarmoqlardir (neyroseti).
Smartfondagi sun’iy intellektdan ko‘pchiligimiz foydalanganmiz. Masalan, flagman smartfonlardagi ekran qulfini (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1042)yuz bilan ochish, navigatsiya ilovalari (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1004) orqali yo‘llardagi tirbandliklarni hisobga olgan holda marshrut tuzish, galereyamizdagi tabiat yoki selfi kabi fotosuratlarning avtomatik saralab (https://t.me/gsmgurus_FAQ/683)berishi, ovozli yordamchi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/734)bilan muloqot qilish kabilarning barchasi aqlli algoritmlarsiz imkonsiz bo‘lar edi.
Sun’iy intellekt orqali bajariladigan ko‘plab vazifalar masofaviy bo‘lib: so‘rov serverga yuboriladi, qayta ishlanadi va javob qaytadi.
Sun’iy intellektni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon ichiga joylashtirish quyidagi afzalliklarga ega:
tezlik — ma’lumotlar almashinuvi uchun vaqt va trafik sarflashga hojat qolmaydi;
xavfsizlik — barcha ma’lumotlar smartfonning o‘zida saqlanadi va uni uchinchi tomon xizmatlariga jo‘natish zaruriyati bo‘lmaydi.
Ishlab chiqaruvchilar shu sabab sun’iy intellekt uchun mobil protsessor ichida alohida blok — NPU (Neural Processing Unit, neyron modul) ajratdilar. Bu, mashinalashtirilgan o‘rganish algoritmlarini tezlashtiruvchi bo‘lib, uning yordamida smartfon vazifalarni tezroq bajaradi va kam energiya talab qiladi.
NPU (neyron modulli) bilan birinchi protsessor Huawei ning 2017 yil oxirida chiqargan Kirin 970 edi. Bugungi kunda smartfon ishlab chiqaruvchilarning ko‘plab qurilmalari protsessorida neyron modulli mavjud. (Samsung Galaxy S10, S20/21, Note 10/20, Xiaomi Mi 10 5G/Mi 11)
Yuqorida qo‘shimcha ravishda, sun’iy intellekt algoritmlari ushbu vazifalar uchun ham qo‘llaniladi: batareya sarfini optimallashtirish, smartfon ishlashini tezlashtirish, ovoz sifatini oshirish, fotosuratlarni yaxshilash, matn yoki ovozni tanib olish va tarjimon ilovalari kabilarda.

Оставьте комментарий