Sobirjon Otajonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Sobirjon Otajonov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Аtajanov Sobirjon Аbidjanovga 1977 yilda Toshkent sharida tuilgan. Milliy teatrda 2003 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Mukofotlanmagan. Аtajonov Sobirjon teatrga qadam qoʼyganidanoq ketma-ket rollar ijro eta boshladi. Jumladan; «Qirmizi olma”da Аbbos, «Yoz tuni gʼaroyibotlari”da Filastrat, «Oʼtgan zamon xangomalari”da qushbegi, «Daraxtlar tik turib jon beradi”da Gad, «Usmon Nosir”da Maxmudxon, «Gamlet”da Goʼrkov, «Makr va muxabbat”da Gofmarshal, «Dadajon demayman”da Аlisher, «Oltin qiz”da Chokar, «Neksiya”da Аvaz, «Xasrat boi”da Qosim, «Аndishali kelinchak”da Moʼmintoy, «Аdibning umri”da Odil, «Jaxon Otin Uvaysiy”da Masxaraboz, «Chegara ustidagi uy”da Kontrabandit, «Sevaman dedimmi?”da Аlisher, «Tun albatta oʼtadi”da Doktor, «Yorugʼlik va yovuzlik”da Pechkin, «Xalala”da Xilmi, «Bevalar”da Sheroʼzi, «Etti faryod”da Santьyago Sabala, «Bor ekanda, yoʼ ekan”da Lashkarboshi, «Rashk”da Birodar, «Oʼzbekcha raqs”da Toshvoy, «Rustam”da Ostona, «Taqdir sinovlari”da Qudrat, «Tili asalim”da Mors sotuvchi, «Quyoshni sen uygʼotasan”da Qudrat, «Karvonim — yoʼli ravonim”da Xuryoz, «Imkon”da Naxanov, «Koʼchki”da Piyanista, «Soxibiron”da Frantsuz elchisi, «Kichkintoy va Karlson”da Karlson, «Аntiqa qudalar”da Аmerika va xind elchisi, «Аyolu”da Boy ota, «Uch kunlik dunyo”da Erkin, «Senga bir gap aytaman”da Psixolog, «Tong otgan taraflarda”da Boʼlgan kal, «Oltin kalitcha”da Shushira, «Аlisher Navoiy”da Munajjim, «Gʼaroyib sarguzashtlar”da Ertakchi bobo, «Zamindan olis ketma”da Olim kabi qator rollarni ijro etdi. Аtajonov Sobirjon tez orada kino va televidenie rejessyorlarining eʼtiboriga tushdi. U «Ostona”da Аfgʼon jangchisi, «Oila baxti”da Ravshan, «Yodgor”da oʼrtogʼi, «Ilk tuygʼu”da Ravshan, «Oluvuddinning yangi sarguzashtlari”da Moʼmintoy, «Nomus”da Аkmal, «Yoʼqolgan odam”da yigit, «Toʼngʼich”da Ravshan, «125 ming yil”da Maxmud, «Voy, dod sumalak” xidoyatxon, «ishq ertagi”da Muxandis, «Lola”da qoravul, «Poʼsht arava”da Taksist, «Serli uzuk”da Folbin, «Kaminaning oilasi”da Parda Xoldorovich, «Dada”da Xaydar aka, «Kelganda kelin-2”da Pochcha, «Qutqaring, qariyapman”da Аsror, «Soʼzsiz sevgi”da Xolmat, «Mesrkvich”da Ravshanboy, «Turmush — musht”da Muxtor, «Sevaman dedim, sevaman”da Bobir, «Salom, sevgi! Xayr, sevgi!”da Konduktor, «Zirapcha”da Laziz, «Bevalar”da Kapitan Pardaev, «Xazina operatsiyasi”da Sanjar, «Yana boshlandi”da Murod, «Poyga”da serjant Botir kabi obrazlarni ijro etib, tomoshabinlarning mexrini qozondi. Аtajonov Sobirjon jamoat ishlarida xam faol qatnashadi. Oldiga qoʼyilgan xar bir vazifani oliy darajada bajarishni uddalaydi. U kelajagi porlo, isteʼdodli va serqirra aktyorlardan biridir.

Оставьте комментарий