SSD disk o’rnatganlar uchun foydali funksiya — TRIM nima?

DO`STLARGA ULASHING:

SSD disk o’rnatganlar uchun foydali funksiya — TRIM nima?
#foydali

TRIM — SSD disklar ishlash davomiyligi va tezligini oshirish funksiyasi. Bu funksiya yoqilgan bo’lsa, xotira yacheykalaridagi ma’lumotlar o’chiriladi va bo’sh yacheykaga yozish tezlashadi,

Odatda qanday bo’ladi? siz biror faylni diskka yozganingizda, shu fayl qismlarga bo’linadi va yacheykalarga yoziladi. Bu yacheykalar haqidagi axborot(qaysi yacheykada qaysi fayl qismlari joylashgan) MFT(Master File Table) degan jadvalga yoziladi. Agar siz biror faylni o’chirsangiz, o’sha MFT jadvaldagi yozuv o’chadi, lekin yacheykadagi fayl qolib ketadi. Boshqa fayl yozish kerak bo’lsa, o’sha eski fayl yozilgan yacheyka tozalanadi, so’ng usha yerga yozilishi mumkin bo’ladi.

TRIM funksiyasi, faylni o’chirganda MFT jadval va yacheykadan birdaniga o’chiradi va keyingi fayl yozish tezligi ortadi, lekin o’chgan fayllarni qayta tiklay olmasligi mumkin.

TRIM funksiyasi yoqilganini tekshiramiz:

1. Win+R → cmd va Enter.
2. Qora oynaga ushbu buyruq yoziladi:
fsutil behavior query disabledeletenotify

Natija quyidagicha bo’lishi mumkin:
0 — TRIM funskiyasi yoqilgan;
1 — TRIm funksiyasi o’chiq.

Оставьте комментарий