SUBSIDIYA ORQALI UY-JOY OLISH UCHUN QANDAY XUJJATLAR TALAB QILINADI.

DO`STLARGA ULASHING:

SUBSIDIYA ORQALI UY-JOY OLISH UCHUN QANDAY XUJJATLAR TALAB QILINADI.

⚡️SAVOL;
Men subsidiya orqali uy-joy olmoqchi edim. Shuning uchun men qanday xujjatlar tayyorlashim kerak bo‘ladi ?

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan ariza beruvchi subsidiya asosida uy-joy olish uchun quyidagi xujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi;

Bular;

🟢 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;

🟢 oila a’zolarining shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi va farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari;

🟢 belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);

🟢 doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

🟢 doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa);

🟢 ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).

❗️Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek