Taroveh namozi haqida batafsil

DO`STLARGA ULASHING:

Taroveh namozi
Arab tilidagi “taroveh” so‘zi lug‘atda “dam olish; rohatlanish” maʼnolarini bildiradi. Ramazon oyida ado etiladigan yigirma rakʼatli namozning har to‘rt rakʼatini o‘qigach, bir oz dam olingani uchun shunday nom berilgan. Uning vaqti Ramazon oyida xufton namozidan keyin kirib, bomdod vaqti kirgunicha davom etadi.
Taroveh namozi taʼkidlangan sunnatlardandir. Jamoat bo‘lib o‘qish esa mahalla kishilari uchun kifoya sunnat hisoblanadi. Yaʼni ayrimlar jamoat bo‘lib tarovehni o‘qishsa, qolganlardan jamoat bo‘lib o‘qish sunnati soqit bo‘ladi. Ammo bir mahallada hech kim jamoat bo‘lmasa, shu mahalladagi hamma odam sunnatni tark qilgan hisoblanadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan bedor o‘tkazishga targ‘ib qilar, ammo qatʼiy buyruq bermas edilar. U zot: “Kim Ramazonda iymon bilan, savob umidida qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur”, der edilar. Ish shundayligida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etib ketdilar. So‘ngra Abu Bakrning xalifaligida va Umarning xalifaligi boshida ham ish shunday edi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilishgan.
Ochiq-oydin ko‘rinib turibdiki, Ramazon oyi kechalari ibodat qilish juda ham fazilatli ish. Gunohlarning mag‘firat bo‘lishi ham shu ish tufayli bo‘ladi. Ammo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ishga targ‘ib qilish bilan birga, maʼlum bir ibodatga qatʼiyan amr qilmaganlar, balki umumiy targ‘ib qilish bilan kifoyalanganlar. Xuddi shu holat Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida ham davom etgan. Kishilarga Ramazon kechalarida maʼlum ibodatni tayin qilmaslik Umar roziyallohu anhuning dastlabki xalifalik yillarida ham davom etgan.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi chiqib masjidda namoz o‘qidilar. Odamlar ham u zotga iqtido qilishdi. Tong otgandan so‘ng odamlar bu haqda gapirishdi. Keyin bundan ham ko‘p to‘planishdi va u zot bilan namoz o‘qishdi. Odamlar bu haqda ham gapirishdi. Uchinchi kechada masjid ahli ko‘payib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib namoz o‘qidilar. Ular u zotga iqtido qilishdi. To‘rtinchi kecha masjid odamlarni sig‘dirishga ojizlik qilib qoldi. U zot sollallohu alayhi vasallam bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan keyin odamlarga yuzlandilar va: «Sizning holingiz menga maxfiy bo‘lgani yo‘q. Lekin (namoz) sizga farz bo‘lib, so‘ng uning adosida ojiz qolishingizdan qo‘rqdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida ish ana shu holda edi».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida Islom hukmlari joriy bo‘lib turar, ammo hali hammasi joriy bo‘lib tugamagan edi. U zot sollallohu alayhi vasallam odamlar bilan tunda jamoat bo‘lib namoz o‘qishni davom ettiraversalar, ushbu namoz sizlarga farz bo‘ldi, deb amri ilohiy tushib qolishidan, keyin esa odamlar Ramazon kechalari bu namozni o‘qiy olmay, gunohkor bo‘lishlaridan qo‘rqqanlar.
Abdurrahmon ibn Abd Qoriydan rivoyat qilinadi:
“Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bilan Ramazon kechalarining birida masjidga chiqdim. Qarasak, odamlar guruh-guruh bo‘lib, tarqoq holda: kimdir yolg‘iz o‘zi namoz o‘qimoqda, kimdir namoz o‘qisa, bir necha kishi unga iqtido qilmoqda. Shunda Umar: «Menimcha, anavilarni bir qori (orti)ga jamlasam yaxshi bo‘ladi”, dedi. So‘ngra ularni Ubay ibn Kaʼbning ortiga jamladi. Keyin boshqa bir kechada men yana u bilan chiqqanimda odamlar qorilarga iqtido qilib, namoz o‘qishar edi. Umar: “Bu qanday yaxshi bidʼat (yangilik). Bu vaqtda uxlab yotganlaridan ko‘ra, qoim bo‘lganlari afzal”, dedi. Odamlar kechaning avvalida qoim bo‘lishar edi».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Xalifa Umar roziyallohu anhu Ramazoni sharif kechalarida musulmonlarning tarqoq holda ibodat qilayotganini ko‘rib, ana shunday qarorga kelgan.
Payg‘ambar alayhissalom hayotlik chog‘larida sahobalarga o‘zlari bosh bo‘lib, kechalarni bedor o‘tkazar edilar. Lekin Ramazon kechasidagi ibodat butun ummatga farz bo‘lib qolib, og‘ir kelmasin debgina kechasi jamoat bilan namoz o‘qishni doimiy tashkil qilmagan edilar.
Qolaversa, u zot sollallohu alayhi vasallamning davrlarida shariat hukmlari davomli ravishda to‘ldirib borilar edi. Bugun bir hukm joriy qilinsa, ertaga boshqasi va hokazo. Hukmlarning joriy bo‘lishiga baʼzi odamlarning savollari, gohida qilgan ishlari, gohida yana boshqa narsalar sabab bo‘lar edi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam odamlarning o‘zicha to‘planib, kechasi jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari tufayli shu namoz farz bo‘lib qolishidan istihola qilgan edilar. Agar Ramazon kechalarida ana shunday namoz farz bo‘lib qolsa, baʼzi kishilarga og‘ir kelib, qiynalib qolishlari mumkin edi. Payg‘ambar alayhissalomning birdan-bir mulohazalari shu edi. Bo‘lmasa, boshqa hech bir narsa u zotni Ramazon kechalarida musulmonlar bilan jamoat bo‘lib, nafl namoz o‘qishdan to‘smas edi. U zot sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari doimo bu namozni o‘qir, sahobalarni ham unga targ‘ib qilar edilar.
Endi bo‘lsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Rafiqul Aʼloga rihlat qildilar. Shariat ahkomlari mukammal bo‘ldi. U zot sollallohu alayhi vasallamdan keyin Alloh taolo hech kimga vahiy nozil qilmaydi. Biror ibodatning farz yoki vojib bo‘lishi mumkin emas. Jumladan, endi musulmonlar kechasi jamoat bo‘lib, nafl namoz o‘qisalar ham farz yoki vojib bo‘lib qolishi aslo mumkin emas. Ularning hozirgiga o‘xshab tarqoq yurganlaridan, Ramazon kechalarini turlicha o‘tkazishlaridan ko‘ra jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari yaxshi emasmi?
Roviy Abdurrahmon ibn Abd roziyallohu anhuning aytishlaricha, Umar roziyallohu anhuning o‘zlari ham bundan xursand bo‘lganlar va: “Bu qanday yaxshi bidʼat. Bu vaqtda uxlab yotganlaridan ko‘ra, qoim bo‘lganlari afzal”, deganlar. Shu yerda bidʼatning ikki xil, yaʼni yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkinligi, buni Umardek ulug‘ zot taʼkidlaganlarini alohida eslab o‘tishimiz lozim.
Ushbu hadislardan maʼlum bo‘ladiki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam taroveh namozini va uni jamoat bo‘lib o‘qishni sahobalarga sunnat qilib qoldirdilar. Lekin ular bilan yigirma rakʼat o‘qimadilar. Vaholanki, Umar davrlaridan hozirga qadar taroveh yigirma rakʼat o‘qib kelinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har gal masjidga chiqib tarovehni o‘qiganlarida, masjidda odam ko‘payaverdi. Uchinchi bor chiqqanlarida masjidga odam sig‘may qoldi. Shundan so‘ng ummatga tarovehning farz bo‘lib qolishidan qo‘rqib chiqmadilar. Boshqa bir rivoyatlarda shu xususda hadislar kelgan.
Umar roziyallohu anhu o‘zlarining xalifalik davrlarida odamlarni Ramazon kechalarida masjidga to‘plab, tarovehni yigirma rakʼat qilib, jamoat bilan o‘qishni joriy qildilar. Sahobalardan biror kishi bu ishga qarshi chiqmadi. Umardan keyingi Usmon va Aliydek xulafoi roshidinlar ham bu amalni to‘xtatishmadi. Vaholanki, bu ulug‘lar dindagi bidʼat amallarning qarshisida hargiz sabr qilib, tomoshabin bo‘lib turishmagan, balki u bidʼat bo‘lsa, o‘z o‘rnida to‘xtatishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida shunday marhamat qilgandilar: «Mening sunnatimni hamda roshid va mahdiy (yaʼni hidoyat, to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi) xalifalarimning sunnatini lozim tutinglar, uni aql tishlaring bilan mahkam tishlab olinglar» (Abu Dovud rivoyat qilgan).
Taroveh namozi vitrdan tashqari yigirma rakʼatdir. Uning vaqti xufton namozidan keyin kirib, bomdod vaqti kirguncha davom etadi. Taroveh namozini vitrdan oldin ham, keyin ham o‘qish durust bo‘ladi. Lekin afzali tarovehni vitrdan oldin o‘qishdir. Taroveh ikki rakʼatdan o‘qiladi, har to‘rt rakʼat o‘qilgach, istirohat uchun bir oz o‘tiriladi. Sahobai kiromlar ham xuddi shunday qilishardi. Namozxon shu o‘tirishda zikru tasbehga mashg‘ul bo‘ladi yoki sukut saqlaydi.
Bizning diyorlarda ushbu o‘rinda quyidagi kabi tasbehlar o‘qish odat bo‘lgan:
“Subhaana zil mulki val malakuut, subhaana zil ʼizzati val ʼazomati val qudroti val kibriyaai val jabaruut. Subhaanal malikil hayyillaziy laa yamuut. Subbuuhun qudduusur Robbunaa va Robbul malaaikati var-ruuh, Laa ilaaha illalohu nastag‘firulloh, nas-alukal jannata va naʼuuzu bika minan naar”.
Maʼnosi: “Mulk va malakut Egasini poklab yod etaman! Izzat, buyuklik, qudrat, ulug‘vorlik va hukmronlik Egasini poklab yod etaman! Hargiz o‘lmaydigan Hayyni, Malikni poklab yod etaman! U Zot Subbuhdir, Quddusdir, bizning Robbimizdir, farishtalarning va Ruhning Robbidir. Allohdan O‘zga iloh yo‘q! Allohdan mag‘firat so‘raymiz. Sendan jannat so‘raymiz va do‘zaxdan O‘zingdan panoh tilaymiz”.
Taroveh namozlarida Qurʼoni Karimni bir bora xatm qilish ham Ramazon oyining sunnat amallaridandir. Imom jamoatning holiga rioya qilib qiroatni bir oz tezlatadi, lekin shart shuki, tezlik namozni buzadigan yoki namozxonlar anglay olmay qoladigan darajada bo‘lmasin. Taroveh namozlarida Qurʼoni Karimni xatm qilishdan qavm malollansa, imom ularning malollanishini eʼtiborga olmaydi, balki sunnatni ado qiladi. Tarovehda Fotihadan keyingi zam surani bitta uzun oyatdan yoki uchta qisqa oyatdan kam o‘qib qo‘yish tahrimiy makruh hisoblanadi, chunki bunda vojibni tark qilish bor.
Tarovehning har ikki rakʼati mustaqil namoz bo‘lib, ularga alohida niyat qilinadi, takbiri tahrimadan so‘ng esa sano va “Aʼuzu…”, “Bismillah…”lar o‘qiladi. Qaʼdada tashahhudga qo‘shimcha salavot, duolarni ham qo‘shiladi va hokazo.
Taroveh namozlarini qiyomga qodir bo‘laturib o‘tirib o‘qish ham durustdir. Ammo qiyomda turib o‘qisa, o‘tirib o‘qigandan ko‘ra afzalroq bo‘ladi. Imomga ergashuvchi o‘tirgan holida ham iqtido qilsa durust, ammo qiyomga qodir bo‘laturib, to imom rukuʼga borguncha qiyomni kechiktirish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ibodatga dangasalik qilgani zohir bo‘ladi.
Taroveh namozini masjidda ado qilgan maʼqul. Zero, shariatga ko‘ra, jamoat bo‘lib ado qilinadigan ibodatlarning afzalrog‘i masjidda bo‘lganidir.
Taroveh namozining vaqti chiqib ketsa, qazosi o‘qilmaydi, chunki qazo farz va vojib amallargagina xoslangan. Mabodo biror kishi tarovehning qazosini o‘qisa ham, u mutlaq nafl namozlar jumlasiga kirib ketadi, baribir tarovehning o‘rniga o‘tmaydi.
Taroveh namozi ro‘zaning sunnati emas, balki Ramazon oyidagi sunnat amallardan hisoblanadi. Shu sababli taroveh namozini o‘qish musofir uchun, ro‘za tutmagan uzrli kasal uchun ham sunnat bo‘ladi. Maʼlumki, bu kishilarga ro‘za tutish shart emas edi. Shu bilan birga hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar ham agar kunning oxirida pok bo‘lishsa, tarovehni o‘qishlari sunnat hisoblanadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
(Mo‘minning qalqoni kitobidan)

https://islom.uz/maqola/7588

17 комментариев к “Taroveh namozi haqida batafsil”

  1. Уведомление: Sandradiamond Livejasmin

  2. Уведомление: dumps hight balance

  3. Уведомление: Le prêt hypothécaire, comparez le gratuitement - Finday, Votre prêt hypothécaire, simulez le gratuitement - Finday,

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: devops as a service

  6. Уведомление: simulation financement auto belfius

  7. Уведомление: Usa Inmate

  8. Уведомление: Did you know that Spectrum tried to cover up a murder?

  9. Уведомление: sources of passive income

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: Leverage

  12. Уведомление: Gold coast clear Smokers Club

  13. Уведомление: addiction rehab

  14. Уведомление: Web Hosting

  15. Уведомление: ทางเข้าalpha88

  16. Уведомление: pop over to these guys

  17. Уведомление: สล็อตวอเลท

Комментарии закрыты.