Tarvuzdan turli niqoblar

DO`STLARGA ULASHING:

Tarvuz tarkibida boshqa mahsulotlarga nisbatan koʼp uchraydigan foliy kislotasi bilan mashhur. Shuningdek, tarvuz kletchatka xamda vitaminlarga boy sanaladi. Bundan tashqari, tarvuz terini namlantirish va mayinlantirish xususiyatiga ega.
Quruq teri uchun.
Bitta tuxum sarigʼini 1 osh qoshiq yangi tayyorlangan tarvuz sharbati bilan yaxshilab aralashtiring va 20 daqiqaga yuzingizga surtib qoʼying.
Yarim stakan tarvuz sharbatini shuncha miqdordagi sut bilan aralashtiring. Soʼngra toza dokani olib tayyor aralashmaga namlantiring va 15-20 daqiqaga yuzingizga qoʼying. Har zamonda dokani aralashmaga botirib namlantirib turing.
Yogʼli teri uchun.
Yaxshilab koʼpirtirilgan bitta tuxum oqini bir osh qoshiq tarvuz sharbati va bir osh qoshiq yogʼsiz smetana bilan aralashtirib, bir xil massa holatiga keltiring. Tayyor niqobni 20 daqiqaga yuzingizga surtib qoʼying. Bu niqobni smetanasiz ham tayyorlash mumkin.
Normal teri uchun.
2 choy qoshiq tarvuz magʼzini, 1 choy qoshiq asal va 1 choy qoshiq smetana bilan aralashtiring. Tayyor niqobni yuzga surtib, 15 daqiqadan soʼng yuvib tashlang.
Аjinga qarshi.
Qirgʼichdan oʼtkazilgan tarvuzni 15-20 daqidaga yuzga surtib, keyin yuvib tashlang. Bu niqob ajoyib yoshartirish xususiyatiga ega.
2 osh qoshiq mayda toʼgʼralgan tarvuzning pustlogʼi ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa dam bering. Аgar bu damlama 1 oy davomida kuniga 3 mahal choy oʼrnida ichilsa, teri taranglashadi va ajinlar yoʼqoladi.
Oqartiruvchi losьon.
Аgar yuzingizga tushgan har xil dogʼlardan qutulib, yuz teringizni oqartirishni istasangiz, tarvuz va bodring sharbatini teng miqdorda aralashtirib, tayyor losьon bilan har kuni ertalab va kechqurun yuzingizni arting.
Yodingizda boʼlsin, ushbu niqoblar uchun imkon qadar ximiyaviy moddalar bilan toʼyintirilmagan tarvuz tanlash lozim.

Оставьте комментарий