Telegram-ning oxirgi versiyasini o’zining rasmiy saytidan yuklab olish va o’rnatish

DO`STLARGA ULASHING:

Telegram-ning oxirgi versiyasini o’zining rasmiy saytidan yuklab olish va o’rnatish

💻 (https://miro.medium.com/max/3840/1*wFihz619ZQpIBjGXKasHkQ.png) Kompyuterga Telegram o’rnatish uchun:

1️⃣ Istalgan brauzerni oching va qidiruv tizimiga «telegram» deb qidiruv bering.
2️⃣ Qidruvning birinchi natijasi Telegram-ning rasmiy sayti (telegram.org)ga o’ting.

❕ Agar Telegram-dan online, ya’ni kompyuterga o’rnatmasdan turib foydalanmoqchi bo’lsangiz qidiruv natijalari pastrog’idagi web.telegram.org dan foydalaning (online Telegram-da programmaga qaraganda kamroq funksiya bo’ladi).

3️⃣ Saytga kirgandan so’ng pastroqda «Telegram for PC» tugmasi bosiladi va undan keyin «Get Telegram for Windows» bosiladi.

4️⃣ Telegram yuklab olingandan so’ng uni o’rnatish uchun oching va birinchi chiqqan menyudan o’zingizga keraklisini belgilang. Kerakli tilni tanlaganingizdan so’ng, programmani qayerga o’rnatishingizni belgilang (videoda D diskka o’rnatilgan, lekin C diskda qoldirib davom etishingiz mumkin). Next > Next > Install tugmasini bosishingiz bilan Telegram kompyuteringizga o’rnatiladi.

🖥 Nafaqat Telegram balki, istalgan programmani xuddi shunday struktura bilan kompyuterga oson o’rnatishingiz mumkin.

Оставьте комментарий