TikTok asoschisi Chjan Yiming haqida

DO`STLARGA ULASHING:

— Siz yuqorida ko’rib turgan insoningiz hozirda eng mashhur ijtimoiy tarmog’ga aylanib borayotgan TikTok asoschisi Chjan Yiming hisoblanadi. Uning boyligi hozirda 35 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda(Forbes). Keling, u haqida ma’lumot bersak!

Chjan Yiming 1983-yilning 1-aprelida Xitoyning Longyan shahrida tavallud topgan. Hozir u 38 yoshda. Qahramonimiz ota-onasi va oilasi haqida ma’lumot berishni istamaydi.

U 2012-yilda ByteDance-ga asos solgan va Toutiao yangiliklar agregatorini va ilgari Musical.ly nomi bilan tanilgan TikTok video almashish platformasini ishlab chiqqan.

Qahramonimiz ismining ma’nosi ham juda qiziq. «Zhang Yiming» – birinchi urinishda hammani hayratga soluvchi. Darhaqiqat, u juda ham muvaffaqiyatli startap va hayratda qoldiruvchi.

Оставьте комментарий