Tovon yorilishi sababi nimada va uni qanday davolanadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

1. Kam suyuqlik isteʼmol qilish, organizmning suvsizlanishi;
2. Oyoqlarni oʻta issiq suvda yuvish. Bu teri ustidagi yupqa ximoya qatlamini yuvib tashlaydi, natijada teri qurishi va kepaklanishi kuzatiladi;
3. Tik turgan xolda koʻp vaqt oʻtkazish;
4. Oyoqlarni dagʻal sovunda yuvish natijasida qurishi;
5. Oyoq tovoni terisiga maxsus namlovchi kremlar bilan ishlov bermaslik;
6. Noqulay (qisuvchi) oyoq kiyimida yurish;
7. Sovuq iqlimda yashash. Sovuq xarorat oyoq terisiga yomon taʼsir etadi;
8. Bir qator kasalliklar:
a. Qandli diabet – yuqori qand miqdori ter bezlari faoliyati va suv balansini ishdan chiqaradi;
b. Semizlik – oyoqlarga boʻlgan zoʻriqish kuchayadi;
c. Avitaminoz – epidermis regeneratsiyasi uchun kerakli vitaminlarni yetishmasligi;
d. Ekzema yoki psoriaz – xronik kasalliklar boʻlib, terini taʼsirlanishiga sabab boʻladi;
e. Zamburugʻli infeksiyalar – ular taʼsirida teri quruqshaydi.
Qachon vrachga murojaat qilish kerak:
Quyidagi xolatlarda tibbiy yordam kerak boʻladi:
1. Tovon yoriqlari qizarganda, ogʻrisa, qichishsa yoki qonaganda;
2. Tik turish va yurish ogʻriq keltirib chiqarsa;
3. Sizda diabet, psoriaz, ekzema, avitaminoz yoki semizlik boʻlganda. Bu xolda uydagi vositalar yordamida muammoni xal qilish qiyin boʻladi;
4. Tovon yoki tirnoqlarda zamburugʻ infeksiyasi paydo boʻlganda. Mustaqil davolanish xavfli: skrab va niqoblar infeksiyani yanada tarqalishiga olib kelishi mumkin;
5. Tovon terisiga yetarlicha parvarish qilinganda xam, yoriqlar kamaymasa.
Tovon yorilishini uy sharoitida qanday davolash mumkin.
Bu usullar yoriqlar oʻlchami kichik boʻlganda, ogʻriq sindromi kuzatilmaganda va kasallik oqibatida kelib chiqmaganda foyda beradi:
1. Oʻlgan teri xujayralarini olib tashlang.
Oyoqni iliq suvda yuvib, pemza yoki skrab vositalari yordamida poʻst tashlagan teridan qutuling. Bunda terini muguz qavatiga ziyon yetkazmaslikka xarakat qiling. Qurigan teri va qadoqlarni qaychi yordamida kesmang. Bu ularni kattalashishiga olib keladi. Muolajani xaftada 1-2 marta takrorlang.
2. Kompress va niqoblar qiling.
Dagʻallashgan tovon terisini tabiiy vositalar yordamida yumshatish va namlash mumkin:
• Kokos moyi – mikrobga qarshi effektga ega. Xar kuni uyquga ketishdan oldin teriga surting va paxtali paypoq kiyib yoting.
• Shi moyi – u vitamin A va Ye, yogʻ kislotalari, antioksidantlar tutadi. Ular terini tiklanishi va regeneratsiyasini tezlatadi. Kokos moyi singari qoʻllash mumkin.
• Asal – antibakterial xususiyatga ega boʻlib, xaftada ikki marta qoʻllash mumkin. Toza teriga asal surtib, 15-20 daqiqa oʻtgach yuvib tashlang.
• Banan pyuresi – zamburugʻga qarshi effekti bor va terini oziqlantiradi. Uyqudan oldin 15-20 daqiqaga, xaftada 2-3 marta surtish mumkin.
3. Terini namlang
Niqob yoki kompressdan soʻng teriga namlovchi krem (masalan vazelin) surting. Bu teri ustida yupqa plenka xosil qilib, teri namligini yoʻqolishini kamaytiradi.
4. Paxtali paypoqda yuring
Bu oyoqlarni nafas olishiga va kamroq terlashiga sharoit yaratadi. Undan tashqari paxta teri namligini saqlaydi. Sintetik paypoqlar kiymang.
5. Yoriq va qadoqqa qarshi professional vositalardan foydalaning.
Bu kremlar tarkibida mochevina, izomerat saxarid, sut, glikol va salitsil kislotalari mavjud boʻlib, ular terini yumshatib, oʻlgan epidermisni koʻchishini tezlatadi. Bunday keratolitik vositalarni istagan apteka va magazindan olish mumkin, ammo qoʻllashdan oldin baribir vrach maslaxatini olish kerak.
Tovon yorilishini qanday oldini olish mumkin.
1. Tovoningizda yalligʻlanish, kesilgan joy yoki boshqa oʻzgarishlar bor yoʻqligini nazorat qilib turing.
2. Terini iliq suvda yuving. Issiq suvda va uzoq vaqt yuvmang – bu terini quritadi;
3. Oyoqlarni yuvgach terini krem yoki losyon bilan namlang;
4. Oyoqlaringizga mos oyoq kiyimi tanlang.
5. Shippak va orqasi ochiq oyoq kiyimi kiymang. Bunda tovon terisi chang va ultrabinafsha nurlar taʼsirida zararlanishi mumkin.
6. Bitta oyoq kiyimini xar kuni kiymang. Ularni shabadalanishiga vaqt bering. Nam muxit oyoq kiyimida zamburugʻ infeksiyasi tarqalishiga sharoit yaratadi.

14 комментариев к “Tovon yorilishi sababi nimada va uni qanday davolanadi ?”

  1. Уведомление: https://globalstudent.org.au/2022/05/17/starting-an-essay-how-to-write-a-hook/

  2. Уведомление: Sale Page

  3. Уведомление: FUL

  4. Уведомление: DevOps outsourcing models

  5. Уведомление: more info here

  6. Уведомление: สินเชื่อที่ดินแลกเงิน

  7. Уведомление: Alquiler de trasteros

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: remove mold

  11. Уведомление: Bonuses

  12. Уведомление: Plantation Shutters

  13. Уведомление: visit this web-site

  14. Уведомление: cafe music

Комментарии закрыты.