Transformatorlar

DO`STLARGA ULASHING:

Transformatorning tuzilishi va ishlashi
O`zgaruvchan tokning chastotasini o`zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o`zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deb ataladi.
Transformatorlarda ikkita g’altak umumiy o’zakka kiydiriladi (199- rasm). Bunda birinchi g’altakdagi o’ramlar – birlamchi chulg’am, ikkinchi g’altakdagi o’ramlar – ikkilamchi chulg’am deyiladi.
Birlamchi chulg’amni U1 kuchlanishli o’zgaruvchan tokka ulaylik. O’zgaruvchan tok chulg’amlarda o’zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg’amning magnit kuch chiziqlari o’zak bo’yicha ikkilamchi chulg’amga o’tadi.
Natijada ikkilamchi chulg’amda U2 kuchlanishli o’zgaruvchan induksion tok hosil bo’ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg’amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo’ladi.
Ikkilamchi chulg’amdagi U2 kuchlanishning miqdori birlamchi va ikkilamchi chulg’amdagi simlarning o’ramlar soniga bog’liqdir. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ikkilamchi chulg’amdagi o’ramlar soni birlamchi chulg’amdagidan necha marta kam bo’lsa, ikkinchi chulg’amda hosil bo’lgan tokning kuchlanishi shuncha marta kam bo’ladi. Va aksincha, ikkilamchi chulg’amdagi o’ramlar soni birlamchi chulg’amdagidan necha marta ko’p bo’lsa, ikkinchi chulg’amdagi kuchlanish shuncha marta ko’p bo’ladi.
Birlamchi chulg’amdagi o’ramlar soni n1, unga berilgan kuchlanish U1, ikkinchi chulg’amdagi o’ramlar soni n2, unda hosil bo’lgan kuchlanish U2 bo’lsin. U holda quyidagi ifoda o’rinli bo’ladi:
Demak, o’zgaruvchan tokning kuchlanishini o’zgartirish mumkin. Bu o’zgaruvchan tokning muhim xususiyatidir.
O’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichdagi kuchlanishni o’zgartirishga o’zgaruvchan tokni transformatsiyalash deyiladi.
Transformator — o’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichdagi kuchlanishni transformatsiyalaydigan asbobdir.

«Transformatsiyalash», «transformator» so’zlari lotincha «transformo» so’zidan olingan bo’lib, «o’zgartiraman» degan ma’noni bildiradi.
200- rasmda transformator va uning elekr zanjir sxemasida belgilanishi aks ettirilgan.
Transformatorlar ikki xil bo’ladi.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish birlamchi chulg’amidagi kuchlanishdan katta bo’lsa, bunday transformator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda n2 > n1 va U2 > U1 bo’ladi.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi kuchlanish birlamchi chulg’amidagi kuchlanishdan kichik bo’lsa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi.
Pasaytiruvchi transformatorda n2 < n1 va U2 < U1 bo’ladi.
Transformatorda energiyaning aylanishi
Transformator birlamchi chulg’amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg’amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi.
Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlaridagi tokning quvvati mos ravishda quyidagiga teng:
P1=I1U1 va P2=I2U2.
Takomillashgan transformatorlarning foydali ish koeffitsienti juda yuqori bo’lib, 99-99,5% ni tashkil etadi. Bunday transformatorlarda transformatsiya paytida elektr energiya yo’qotilishini hisobga olmasa ham bo’ladi, ya’ni P1 = P2 deb olish mumkin. U holda:
Transformatorda ikkilamchi chulg’amda kuchlanish necha marta ortsa, tok kuchi shuncha marta kamayadi.
Masalan, transformator birlamchi chulg’ami U1 = 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan, deylik. Ikkilamchi chulg’amdagi kuchlanish U2 = 500 V bo’lsin. Agar ikkilamchi chulg’am iste’molchiga ulangan bo’lsa, undagi I2 tok kuchi birinchi chulg’amdagi I1 tok kuchidan 2,4 marta kam bo’ladi.
Bunday munosabatni tavsiflash uchun transformatsiya koeffitsienti (k) degan kattalik kiritilgan:
k > 1 bo’lsa, transformator pasaytiruvchi, k < 1 bo’lganda yuksaltiruvchi  transformator deyiladi.
Manba: Fizika o’quv darslik
«O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti. T. 2010

15 комментариев к “Transformatorlar”

  1. Уведомление: What is a DMT trip like?

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: Non-exécution de l’accord de prêt - Finday ?Non-exécution du contrat de crédit - Finday ?

  4. Уведомление: legit dumps cc shop

  5. Уведомление: voir ce site

  6. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  7. Уведомление: find more info

  8. Уведомление: DMT vape pen for sale online New South Wales

  9. Уведомление: mafin365

  10. Уведомление: Achieving financial freedom

  11. Уведомление: magic mushroom link to the past

  12. Уведомление: สล็อต ฝากถอน true wallet เว็บตรง 888pg

  13. Уведомление: Bilad Alrafidain

  14. Уведомление: non gamstop casinos

  15. Уведомление: micro step

Оставьте комментарий