Umurtqalararo disk churrasi yoxud grija haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Shifokorlarning og‘ir ko‘tarmaslik, organizmni haddan ziyod zo‘riqtirmaslik yoki keskin va qaltis jismoniy harakatlar qilmaslik kabi maslahatlariga hammamiz ham amal qilavermaymiz. Sog‘lig‘imizga bee’tiborligimiz oqibatida esa jiddiy muammolarga duch kelishimiz ehtimoli oshadi. Umurtqa pog‘onasi churrasining vujudga kelishi ham ana shunday muammolardan biri.

Unga quyidagilar  sabab bo‘lishi mumkin:

  • qorin ichki bosimining oshishi;
  • og‘ir jismoniy mehnat;
  • tana vazniga nisbatan og‘ir yuk ko‘tarish;
  • peshob ajralishining qiyinlashuvi;
  • qabziyat;
  • ayollarda tug‘ruq vaqtidagi zo‘riqishlar.

Umurtqa churrasi konservativ, ya’ni dori-darmonlarsiz davolash mumkin. Ayni kunda suv muolajalari yordamida bu xastalikni davolash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Churraning paydo bo‘lgan muddati juda katta ahamiyat kasb etadi. Uch oygacha bo‘lgani yengil, uch oydan olti oygacha bo‘lgan churra esa surunkali hisoblanadi. Bundan tashqari, churraning hajmiga ham e’tibor qaratiladi. Agar u 9 millimetrdan kichik bo‘lsa, jarrohlik aralashuvisiz davolash mumkin.
Bu xastalik aslo qo‘rqinchli va bedavo emas, umurtqalararo diks churrasi hali «yangi» bo‘lsa, osongina davolanadi. Agar jarrohlik aralashuvi tayinlansa ham qo‘rqmaslik kerak.  Vaqtida o‘tkazilmagan 15 daqiqalik jarrohlik amaliyoti 2 soatlik og‘ir amaliyotga aylanishi mumkin. Chunki churra teshigida qisilib qolgan a’zolarning qon bilan ta’minlanishi buzilib, asab tolalari ezilishi tufayli a’zolar hayotiyligi so‘nib, yiringlay boshlaydi, bemor bunda kuchli og‘riq his etadi. Churra xurujida og‘riq davomiy bo‘lib, bemor shok holatiga tushib qoladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyotigina bemor hayotini saqlab qoladi.

Bunday hollarda quyidagilarni amalga oshirish mumkin emas:

  • zax va yelvizakli joylarda turmaslikka harakat qiling;
  • tana vazningizni nazorat qiling, semirmang;
  • bel va qorin mushaklarini mustahkamlaydigan gimnastika (masalan, suzish) bilan shug‘ullaning;
  • o‘tirgan holda ishlasangiz, har soatda 10 daqiqa turib yuring;
  • yurganda, o‘tirganda ham qaddingizni to‘g‘ri tuting;
  • qattiq matras ustida uxlashga odatlaning;
  • yotgan holda kitob o‘qimaslik va televizor ko‘rmaslikka harakat qiling;
  • og‘ir ko‘tarmang, keskin harakatlardan tiyiling.
  • vibromassaj mumkin emas, chunki uning kuchi juda yuqori.
  • churra bor joyni qattiq ishqalamaslik lozim. Asab tolalarini siqib qo‘yish xavfi bor.
  • vertikal holatda turib, turli mashqlar bajarish ham zararli. Mushaklarni zo‘riqtirish mumkin.
  • o‘z bilganingizcha massaj qilmang!
  • har doim og‘riq qoldiruvchi maz surtib ishqalash ham mumkin emas!

Kasallik uch bosqichda kechadi, maslahatimiz kasallik belgilari kuzatilishi bilan shifokorga murojaat eting :

  • Xastalikning birinchi bosqichida churra o‘lchami 2-3 mm. bo‘ladi. Umurtqa bo‘ylab qattiq og‘riq beradi.
  • Ikkinchi bosqichida bu xastalik doimiy og‘riq bilan xarakterlanadi. O‘lchami 8-15 mm. bo‘ladi.
  • Uchinchi bosqichda og‘riq o‘ta kuchli bo‘lib, asab tizimiga ham ta’sir etadi. Bemorni yura olmaslik darajasiga keltiradi.

18 комментариев к “Umurtqalararo disk churrasi yoxud grija haqida”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: Lita Live Sex Celibration

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: how to join illuminati for wealth

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: wow slot

  7. Уведомление: www.thedatingadvisor.com/mingle2/

  8. Уведомление: navigate to this site

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: click for more

  11. Уведомление: pour apprendre plus

  12. Уведомление: blotter acid for sale Texas

  13. Уведомление: Thomas Adewumi University

  14. Уведомление: look at this web-site

  15. Уведомление: steenslag bescherming folie

  16. Уведомление: buy Viagra online

  17. Уведомление: buy colombian cocaine online

  18. Уведомление: สล็อตออนไลน์ lsm99

Комментарии закрыты.