Xatmi Qur’on duolari

DO`STLARGA ULASHING:

(Muallifning Xatmi Qur’onga bag‘ishlangan maqolalari turkumidan)
   Ko‘pchilikning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olib, namuna sifatida xatmi Qur’onda qilinadigan duolarni e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. O‘zlashtirishga qulay bo‘lishi uchun ularni mavzularga ajratildi va jamoat e’tiboridan ko‘plik siyg‘asida berildi. Sharoit taqozosiga ko‘ra ulardan istalgancha tanlab olish mumkin.
Xatmi Qur’on duolari
Xatmi Qur’on duolari
Hamdu sano va salavot:
صَدَقَ اللهُ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ، وَصَدَقَ رَسُولُهُ النَّبِيُّ الْكَرِيمُ، وَنَحْنُ عَلَى ذَلِكَ مِنَ الشَّاهِدِينَ، رَبَنَّا تَقَبَّلْ مِنَّا إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ.
     Buyuk Alloh rost so‘zlamish! Uning oliyjanob Rasuli ham rost so‘zlamish! Biz bunga shohidmiz. Robbimiz, bizdan qabul et! Albatta, Sen eshituvchi, bilib turuchi Zotsan.
اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ كُلُّهُ، وَلَكَ الشُّكْرُ كُلُّهُ، وَإِلَيْكَ يَرْجِعُ الْأَمْرُ كُلُّهُ، عَلَانِيَتُهُ وَسِرُّهُ، فَأَهْلٌ أَنْتَ أَنْ تُحْمَدَ، وَأَهْلٌ أَنْتَ أَنْ تُعْبَدَ، وَأَنْتَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٍ.
     Allohim! Barcha hamd O‘zingga xos! Barcha shukr ham O‘zingga xos! Barcha ishlar: oshkorasiyu maxfiysi O‘zingga qaytadi. Sengina hamdga loyiqdirsan! Sengina ibodat qilishga loyiqdirsan! Sen har narsaga qodirdirsan!
اللَّهُمَّ لَكَ الْحَمْدُ بِالْإِيمَانِ، وَلَكَ الْحَمْدُ بِالْإِسْلَامِ، وَلَكَ الْحَمْدُ بِالْقُرْآنِ، وَلَكَ الْحَمْدُ بِالْمَالِ وَالْأَهْلِ وَالْمُعَافَاةِ.
     Allohim! Iymon uchun O‘zingga hamd bo‘lsin! Islom uchun O‘zingga hamd bo‘lsin! Qur’on uchun O‘zingga hamd bo‘lsin! Mol‑mulk, ahlu oila va sog‘‑omonlik uchun O‘zingga hamd bo‘lsin!
لَكَ الْحَمْدُ يَا رَبَّنَا كَمَا يَنْبَغِي لِجَلَالِ وَجْهِكَ وَلِعَظِيمِ سُلْطَانِكَ.
     Ey Robbimiz, Senga yuzingning ulug‘vorligi va saltanatingning buyukligiga munosib hamd bo‘lsin!
Tamjid – Allohni ulug‘lash kalimalari
اللَّهُمَّ أَنْتَ أَحَقُّ مَنْ عُبِدَ، وَأَحَقُّ مَنْ ذُكِرَ، وَأَرْأَفُ مَنْ مَلَكَ، وَأَجْوَدُ مَنْ سُئِلَ، وَأَوْسَعُ مَنْ أَعْطَى، أَنْتَ الْمَلِكُ لَا شَرِيكَ لَكَ، وَالْفَرْدُ لَا نِدَّ لَكَ، لَنْ تُطَاعَ إِلَّا بِإِذْنِكَ، وَلَنْ تُعْصَى إِلَّا بِعِلْمِكَ، أَقْرَبُ شَهِيدٍ، وَأَدْنَى حَفِيظٍ، حُلْتَ دُونَ النُّفُوسِ، وَأَخَذْتَ بِالنَّوَاصِي، وَكَتَبْتَ الْآجَالَ، الْقُلُوبُ لَكَ مُفْضِيَةٌ، وَالسِّرُّ عِنْدَكَ عَلَانِيَةٌ، الْحَلَالُ مَا أَحْلَلْتَ، وَالْحَرَامُ مَا حَرَّمْتَ، وَالدِّينُ مَا شَرَعْتَ، وَأَنْتَ اللهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، نَسْأَلُكَ يَا اللهُ بِأَسْمَائِكَ الْحُسْنَى، وَصِفَاتِكَ الْعُلَا، أَنْ تَقْبَلَ مِنَّا دُعَائَنَا وَأَنْ تُجِيرَنَا مِنَ النَّارِ.
     Allohim! Faqat Sen ibodat qilinishga haqlisan! Zikr qilinishga eng haqli O‘zingsan! Moliklarning eng shafqatlisi ham Sensan. So‘raladiganlarning eng saxiysi O‘zingsan. Beradiganlarning eng imkoniyati kengi ham O‘zingsan. Sen haqiqiy podshohsan, sheriging yo‘q. Yagonasan, tenging yo‘q. Senga faqat izning ila itoat etilar va biliming asosidagina Senga osiy bo‘linar. Eng yaqin guvoh, eng yaqin muhofazachisan. Dillarning ortidasan. Peshonalarni tutgandirsan. Ajallarni bitgandirsan. Qalblar Senga talpinar. Sirlar Sening huzuringda oshkordir. Halol – bu Sen halol qilgan narsa, harom – bu Sen harom qilgan narsadir. Din – bu Sen shariat qilgan narsadir. Sen O‘zidan o‘zga iloh yo‘q Allohsan. Yo Alloh! Go‘zal ismlaring, oliy sifatlaring ila so‘raymiz, bizlardan duolarimizni qabul et va bizni do‘zaxdan asra!
Qur’on haqida duolar
اللَّهُمَّ تَقَبَّلْ مِنَّا قِرَآءَتَنَا، وَتَجَاوَزْ عَنَّا مَا كَانَ فِي تِلَاوَةِ الْقُرْآنِ مِنْ خَطَأٍ أَوْ نِسْيَانٍ أَوْ زِيَادَةٍ أَوْ نُقْصَانٍ أَوْ تَحْرِيفِ كَلِمَةٍ عَنْ مَوَاضِعِهَا أَوْ رَيْبٍ أَوْ شَكٍّ أَوْ سَهْوٍ أَوْ سُوءِ إِلْحَانٍ أَوْ تَعْجِيلٍ عِنْدَ تِلَاوَةِ الْقُرْآنِ.
    Allohim! Bizdan qiroatimizni qabul et. Tilovat chog‘ida bizdan o‘tgan xatodir, unutishdir, ziyodalikdir, nuqsondir yo biror kalimani o‘z o‘rnidan o‘zgartirishdir, yoki shubhadir, shakdir, yanglishishdir, yoxud yomon ohang, yo Qur’on tilovatida shoshilishdir – barchasini O‘zing kechir!
اللَّهُمَّ ارْحَمْنَا بِالْقُرْآنِ، وَاجْعَلْهُ لَنَا إِمَامًا، وَنُورًا، وَهُدًى، وَرَحْمَةً، وَشِفَاءً
       Allohim! Qur’on tufayli bizga rahm qilgin va uni bizga yo‘lboshchi, nur, hidoyat, rahmat va shifo etgin!
اللَّهُمَّ عَلِّمْنَا مِنْهُ مَا جَهِلْنَا، وَذَكِّرْنَا مِنْهُ مَا نُسِّينَا، وَارْزُقْنَا تِلَاوَتَهُ آنَاءَ اللَّيْلِ وَأَطْرَافَ النَّهَارِ لِرِضَاكَ.
      Allohim! Qur’ondan bilmaganimizni o‘rgat, undan unutganlarimizni yodimizga sol va kechayu kunduz rizoliging uchun uni tilovat qilishni nasib et.
اللَّهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا بِالْقُرْآنِ، وَزَيِّنْ أَخْلَاقَنَا بِالْقُرْآنِ، وَنَجِّنَا مِنَ النَّارِ بِالْقُرْآنِ، وَأَدْخِلْنَا الْجَنَّةَ بِالْقُرْآنِ.
     Allohim! Qur’on bilan qalblarimizni munavvar qil, Qur’on bilan xulqlarimizni ziynatla, bizni Qur’on bilan do‘zaxdan qutqar va Qur’on bilan jannatga kirit.
اللَّهُمَّ انْقُلْنَا بِالْقُرْآنِ مِنَ الشَّقَاءِ إِلَى السَّعَادَةِ، وَمِنَ النَّارِ إِلَى الْجَنَّةِ، وَمِنَ الضَّلَالَةِ إِلَى الْهِدَايَةِ، وَمِنَ الذُّلِّ إِلَى الْعِزِّ، وَمِنْ أَنْوَاعِ الشُّرُورِ كُلِّهَا إِلَى أَنْوَاعِ الْخَيْرِ كُلِّهَا يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ.
     Allohim! Qur’on bilan bizni baxtsizlikdan saodatga, do‘zaxdan jannatga, zalolatdan hidoyatga, xorlikdan izzatga va yomonlikning barcha turidan barcha yaxshilik turlari sari olib o‘t, ey Hay (hamisha barhayot), ey Qayyum (hamma narsani tutub turuvchi)!
Xatmi Qur’onga xos duolar
اللَّهُمَّ اجْعَلْنَا لِكِتَابِكَ مِنَ التَّالِينَ، وَعِنْدَ خَتْمِهِ مِنَ الْفَائِزِينَ.
    Allohim! Bizlarni Kitobingni talovat qiladiganlardan va xatm chog‘ida zafar quchganlardan qil!
اللَّهُمَّ هَؤُلَاءِ عِبَادُكَ، حَضَرُوا خَتْمَ كِتَابِكَ، يَرْجُونَ رَحْمَتَكَ، وَيَخْشَوْنَ عَذَابَكَ. اللَّهُمَّ فَأَعْطِهِمْ وَلَا تَحْرِمْهُمْ، وَأَكْرِمْهُمْ وَلَا تَهِنْهُمْ، وَآثِرْهُمْ وَلَا تُؤْثِرْ عَلَيْهِمْ، يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ.
     Allohim! Mana bu bandalaring Sening Kitobingning xatmiga hozir bo‘ldilar, rahmatingdan umid qilib turibdilar, azobingdan qo‘rqadilar. Allohim! Ularga ato etgin, ularni mahrum etmagin, ularni mukarram etgin, xo‘rlamagin, ularni ustun etgin, ostin etmagin, ey rahmlilarning rahmlisi!
رَبَّنَا، قَدْ حَضَرْنَا خَتْمَ كِتَابِكَ، وَأَنَخْنَا مَطَايَانَا بِبَابِكَ، فَلَا تَطْرُدْنَا عَنْ جَنَابِكَ، فَإِنْ طَرَدْتَنَا فَإِنَّهُ لَا حَوْلَ لَنَا وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِكَ.
    Robbimiz! Biz Kitobing xatmini hozir etib turibmiz, eshiging oldida ulovlarimizni cho‘ktirib qo‘yganmiz, bizni dargohingdan haydamagin, chunki agar Sen haydasang, bizga O‘zingdan o‘zgada na qudrat va na quvvat bor.
اللَّهُمَّ اجْعَلْ خَتْمَتَنَا هَذِهِ خَتْمَةً مُبَارَكَةً عَلَى مَنْ قَرَأَهَا وَسِمَعَهَا وَأَمَّنَ عَلَى دُعَائِهَا.
    Allohim! Ushbu xatmimizni o‘qiganga ham, eshitganga ham va duosida «Omin!» deganga ham muborak xatm et!
El­ yurt va o‘tganlar haqqiga duo
اللَّهُمِّ أَعِزَّ الْإِسْلَامَ وَالْمُسْلِمِينَ، وَأَذِلَّ الشِّرْكَ وَالْمُشْرِكِينَ، وَدَمِّرِ اللَّهُمَّ أَعْدَاءَكَ أَعْدَاءَ الدِّيْنِ.
      Allohim! Islom va musulmonlarni aziz, shirk va mushriklarni xor et! Allohim! Dushmanlaring – din dushmanlarini yakson qil.
اللَّهُمَّ اجْعَلْ هَذَا الْبَلَدَ آمِنًا مُطْمَئِنًا وَسَائِرَ بِلَادِ الْمُسْلِمِينَ.
     Allohim! Ushbu yurtni va boshqa musulmonlar yurtini omon, osuda et!
اللَّهُمَّ آمِنَّا فِي أَوْطَانِنَا، وَأَصْلِحْ أَئِمَّتَنَا وَوُلَاةَ أُمُورِنَا.
       Allohim! Bizlarni o‘z vatanimizda tinch‑omon qil va boshliqlarimizni, ishboshilarimizning salohiyatini ziyoda qil!
اللَّهُمَّ انْصُرْ مَنْ نَصَرَ الدِّينَ، وَاخْذُلْ مَنْ خَذَلَ الْمُسْلِمِينَ.
      Allohim! Dinga yordam berganlarga yordam ber va musulmonlarni xo‘rlaganlarni O‘zing xor et!
اللَّهُمَّ أَلِّفْ بَيْنَ قُلُوبِ الْمُسْلِمِينَ، وَأَصْلِحْ ذَاتَ بَيْنِهِمْ، وَاهْدِهِمْ سُبُلَ السَّلَامِ، وَأَخْرِجْهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ. اللَّهُمَّ وَفِّقْ عُلَمَاءَهُمْ لِبَيَانِ الْحَقِّ وَالدَّعْوَةِ إِلَيْهِ. اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَهُمْ وَارْحَمْهُمْ، وَارْفَعْ دَرَجَتَهُمْ فِي الْمَهْدِيِّينَ، وَاجْعَلْ كَلِمَتَهُمْ عَلَى الْحَقِّ وَالْهُدَى يَا رَبِّ الْعَالَمِينَ.
     Allohim! Musulmonlarning qalblarini birlashtir, o‘rtalarini isloh et. Ularni salomatlik yo‘liga hidoyat qil va zulmatlardan nurga chiqar. Allohim! Ularning ulamolarini haqni bayon qilishga, unga da’vat qilishga muvaffaq et! Allohim, ularni mag‘firat et, ularga rahm qil, darajalarini hidoyat topganlar ichra yuksaltir hamda so‘zlarini haq va hidoyat uzra jamla, ey olamlar Robbi!
للَّهُمَّ إِنَّا نَشْكُو إِلَيْكَ دِمَاءً أُرِيقَتْ وَنِسَاءً أُيِّمَتْ، وَأَطْفَالًا يُتِّمَتْ، وَأُمَّهَاتٍ ثُكِّلَتْ، وَمَسَاجِدَ وَبُيُوتًا هُدِّمَتْ.
    Allohim! Biz Senga to‘kilayotgan qonlardan, beva qolayotgan ayollardan, yetim bo‘layotgan bolalardan, bolasini yo‘qotayotgan onalardan, vayron qilinayotgan masjidu uylardan shikoyat qilamiz!
اللَّهُمَّ إِنَّا نَشْكُوا إِلَيْكَ ضُعْفَ قُوَّتِنَا، وَقِلَّةَ حِيلَتِنَا، وَهَوَانَنَا عَلَى النَّاسِ، أَنْتَ أَرْحَمُ الرَّاحِمِينَ، أَنْتَ رَبُّ الْمُسْتَضْعَفِينَ، وَأَنْتَ رَبُّنَا، إِنْ لَمْ يَكُنْ بِكَ غَضَبٌ عَلَيْنَا فَلَا نُبَالِي، غَيْرَ أَنَّ عَافِيَتَكَ أَوْسَعُ لَنَا. نَعُوذُ بِنُورِ وَجْهِكَ الَّذِي أَشْرَقَتْ بِهِ الظُّلُمَاتُ، وَصَلُحَ عَلَيْهِ أَمْرُ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ أَنْ تُنْزِلَ بِنَا سَخَطَكَ، أَوْ يَحِلَّ عَلَينَا غَضَبُكَ، لَكَ الْعُتْبَى حَتَّى تَرْضَى، وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِكَ. 
  Allohim! Biz Senga quvvatimiz zaifligidan, chorasizligimizdan, odamlarga yukinib qolganimizdan shikoyat qilamiz! Sen rahmlilarning rahmlisisan! Chorasizlarning Robbi O‘zingsan. Sen bizlarning Robbimizsan! Agar bizga g‘azabing bo‘lmasa, bularga parvo qilmasmiz, biroq Sening ofiyating biz uchun kengroqdir. Zulmatlarni yorishtirgan va dunyoyu oxirat ishini to‘g‘rilab turgan yuzing nuri bilan O‘zingdan bizga noroziligingni indirishingdan va bizga g‘azabing ravo bo‘lib qolishidan panoh tilaymiz. To rozi bo‘lguningcha roziligingni istashimizni talab qilishga haqqing bor! Sendan o‘zgada na qudrat va na quvvat bor!

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

 
www.vakillik.uz

14 комментариев к “Xatmi Qur’on duolari”

  1. Уведомление: cheap cc dumps

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  5. Уведомление: mossberg 940

  6. Уведомление: www.passionsense.co.uk/jewish-bbw-singles/

  7. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  8. Уведомление: ASC AR 15 7.62X39 30rd Mag SS Black

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: long range precision rifle builders​

  11. Уведомление: sako firearms for sale

  12. Уведомление: make money on apps

  13. Уведомление: 방콕 푸잉

  14. Уведомление: read the full info here

Комментарии закрыты.