Zoom xizmatining beshta o‘ziga xos xususiyati

DO`STLARGA ULASHING:

Zoom xizmatining beshta o‘ziga xos xususiyati
Zoom (https://play.google.com/store/apps/details?id=us.zoom.videomeetings&hl=ru) ilovasi haqida eshitmagan o‘quvchi yoki talaba bo‘lmasa kerak. Onlayn ta’lim va videokonferensiyalarda keng foydanilayotgan Zoom xizmatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bermoqchimiz.
1. Zoom dan hisob qaydnomasi yaratmasdan (uchetnaya zapis) foydalanish
Biror konferensiyada (onlayn dars) ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz shart emas. Shunchaki ilovani o‘rnatib konferensiya tashkilotchisi yuborgan havola yoki quyidagi ko‘rsatilgan usullar bilan ulanishingiz mumkin. Hisob qaydnomasi faqat konferensiya yaratishda talab qilinadi.
2. Konferensiyaga uchta usulda ulanish
Konferensiya yaratilgandan so‘ng, tashkilotchi ishtirokchilarni (yoki faqat bitta suhbatdoshni) uchta usulda taklif qilishi mumkin:
— ikkala ishtirokchida ham Zoom akkaunti yaratilgan bo‘lsa bir-biriga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
— ishtirokchi darhol muloqotga kirishishi uchun konferensiya raqami va parolini taqdim etish orqali;
— suhbatdoshga konferensiya havolasini yuborish orqali (ushbu usulda ishtirokchi hech qanday raqam va parol kiritmaydi).
Ikkinchi va uchinchi usullarda ishtirokchidan hisob qaydnomasi yaratish talab etilmaydi, faqat o‘rnatilgan ilovaning o‘zi yetarli.
3. Bir nechta qurilmalardan ekranni bo‘lishish (ko‘rsatish) imkoniyati
Zoom ilovasi kompyuter, planshet va smartfon ekranidagi tarkibni boshqalar bilan bo‘lishishga imkon beradi. Bu, ishtirokchilarni biror ilovadan foydalanishga o‘rgatish yoki prezentatsiya va videoroliklarni ko‘rsatishda qo‘l keladi.
4. Mikrofonni yoqmasdan ovozli videoni efirga uzatish imkoniyati
Agarda ishtirokchilarga biror videoni sharhlamasdan faqat o‘zining ovozi bilan ko‘rsatishni xohlasangiz yoki yon-atrofingiz shovqin bo‘lsa mikrofonni o‘chirib qo‘yish foydali bo‘lishi mumkin.
5. Kanalda 100 tagacha foydalanuvchini yig‘ish imkoniyati
Zoom ilovasi chatlari barcha kerakli foydalanuvchilarni bitta guruh chatiga birlashtirish imkoniyatiga ega. Tashkilotchilar xohishiga ko‘ra chatda barcha ishtirokchilar xabar qoldirishi yoki faqat konferensiya vaqti va u haqida ma’lumot yoziladigan kanal ko‘rinishida foydalanish mumkin.
Zoom ilovasidan foydalanish oson bo‘lishiga qaramay, kanalimiz o‘quvchilarida ba’zida savollar uchrab turadi. Savollaringizni shu xabar ostida yozib qoldiring.
Eslatma: Zoom ilovasidan foydalanish uchun smartfoningizda Android 5 versiyadan yuqori tizim o‘rnatilgan bo‘lishi kerak va ilovaning versiyasi ham 5.0 dan (https://t.me/gsmgurus_FAQ/798)past bo‘lmasligi zarur (eskiroq Android tizimalarida ham foydalanish usuli mavjud, biroq biroz murakkab).
• Ilovani Play Market dan yuklash imkoniyati bo‘lmasa, rasmiy saytidan yuklab olish

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek