12-iyul — Abdulla Avloniy tug‘ilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 12-iyul — Abdulla Avloniy tug‘ilgan kun

Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda tug‘ilgan.
Avloniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. 1907-yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi.

Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etdi.

Оставьте комментарий