19-iyul Asaka avtomobil zavodi tantanali ochilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

«O’zDEUavto” kompaniyasi — O`zbekiston avtomobil sanoatining yetakchi va to`ng’ich korxonasi.  Korxona O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan qurilgan. Zavodning ishga tushirilishi tufayli O`zbekiston jahonda o`z avtomobil sanoatiga ega bo`lgan 28 mamlakat qatoridan o`rin oldi. Asaka avtomobil zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida 1994-1996-yillarda qurilgan. Avtomobil zavodi o`rta klassdagi dvigateli sig’imi 1500 sm.kub bo`lgan «Neksiya”, o`ta kichik klassdagi yonilg’i kam sarflovchi, dvigateli sig’imi 800 sm.kub «Tiko” yengil avtomobillari hamda furgon tipidagi yetti o`rindiqli, dvigateli sig’imi 800 sm.kub bo`lgan «Damas” miniavtobuslarni ishlab chiqara boshladi. «Damas” miniavtobuslari 1996-yil 25 martdan, «Tiko” 1996-yil iyun oyining o`rtalaridan, «Neksiya” avtomobili esa 1996-yil iyul oyining o`rtalardan ishlab chiqarila boshlandi. Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilg’or avtomatika va texnologiyalardan iborat. Muassislari: O`zR hukumati nomidan «O`zavtosanoat” uyushmasi va Koreya Respublikasining «DEU” korporatsiyasi. Aksiyalari hissasi 50% ga 50% bo`lib, investitsiyalarning umumiy hajmi 650 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan. Kompaniyani tuzish to`g’risidagi Ta’sis shartnomasi 1992-yil 29-avgustda imzolangan,  zavod qurilishi esa 1994-yil boshlarida boshlangan. 1996-yil 19-iyulda zavodning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Qo`shma korxonaning umumiy maydoni hududi 55 ga. Asosiy sexlar yagona binoda joylashgan. Binoning umumiy maydoni 16 ga ni ishg’ol qiladi. Binoning tepa qismlarida ham avtomat boshqaruvidagi ulkan konveyrlar ishlab turadi. Avtomobil yaratishning dastlabki jarayoni asosan bosma (press) sexidan boshlanadi. Janubiy Koreyadan keltirilgan metall o`rami (avtostal)dan shu sexda avtomobil «bichiladi”. Buni Yaponiyaning «Komaku” firmasining 500, 800, 1000 t li presslari bajaradi. Mashinalar konveyrlari payvandlash sexiga o`tadi. Bu sexda ishni asosan Shvetsiyadan keltirilgan robotlar bajaradi. Robotlarni bir necha ishchi kompyuter orqali boshqaradi. Mashinalar bo`yash sexiga tushib, bo`yalib chiqadi, so`ng yig’uv sexiga o`tadi. Bu sexda mashina detallari joy-joyiga qo`yiladi. Tayyor bo`lgan avtomobillar sinalib, zavod eshigidan chiqariladi. Toshkent shahrida avtomobillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish vakolatxonasi faoliyat ko`rsatadi. Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Tyumen, Novosibirsk, Minsk, Bishkek, Chimkent, Krasnodar kabi shaharlarda mintaqaviy vakolatxonalari va sho’ba korxonalari ochilgan.

10 комментариев к “19-iyul Asaka avtomobil zavodi tantanali ochilgan kun”

  1. Уведомление: cbd olie

  2. Уведомление: Best Movies for Entrepreneurs on Netflix

  3. Уведомление: ถาดกระดาษ

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: where to buy dmt online dmt products

  7. Уведомление: official website

  8. Уведомление: Thomas Adewumi University

  9. Уведомление: Magic mushroom Chocolate Bars

  10. Уведомление: Liberty Caps Mushroom

Комментарии закрыты.