FIAT avtomobil kompaniyasi asoschisi Djovanni An’elli tavallud topgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 13-avgust -italiyalik sanoatchi, FIAT avtomobil kompaniyasi asoschisi Djovanni An’elli tavallud topgan kun.

1866-08-13

Jovanni An’elli 1866-yil 13-avgustda kichkina shaharda ko‘p bolali oilada tug‘ilgan. U 8 yillik harbiy xizmatni o‘tab, isteʼfoga chiqdi. Huquqshunoslik diplomini olgan Jovanni tadbirkorlikda o‘zini namoyon qilmoqchi edi.

U bir necha yil moliyaviy yordam bera oladigan sheriklar qidira boshladi. Uning mehnati natijasida 1899-yil 11-iyulda bugun hammaga Fiat nomi bilan mashhur Turin avtomobil zavodi AJ ochildi.

Jovanni An’ellining ambitsiyasi katta ishtiyoq bilan ifodalangan. U marketing kampaniyalaridan tortib, avtomobillarni sinovdan o‘tkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda qatnashgan. Uning saʼy -harakatlari 1902-yilda, biznesni o‘z qo‘liga olganida, oqlandi.

1903-yilda Italiya rahbariyati import qilingan po‘lat uchun to‘lovni bekor qilishga qaror qildi, bu Fiatning rivojlanishiga yana bir turtki bo‘ldi.

Оставьте комментарий