21-iyul MILLIY BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR:

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 21-iyul 2023-yil, juma.

 

👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇸🇬 Singapur — Irqiy uyg’unlik kuni.
🇬🇺 Guam — Ozodlik kuni.
🇧🇪 Belgiya — Milliy kun.

 

👉 VOQEALAR:
— mil. av. 356 — Gerostrat Artemida ibodatxonasini yoqib yubordi.
— 365 — Zilzila tufayli dunyoning yetti mo‘jizasidan biri — Aleksandr mayog‘i qisman vayron bo‘ldi.
— 1542 — Rim papasi Pol III protestantlikka qarshi kurashish uchun Rim inkvizitsiyasini tuzdi.
— 1610 — Choy birinchi marta Yevropaga olib kelindi.
— 1613 — Mixail Romanov  Rossiya podshosi boʻldi.
— 1718 — Avstriya-turkiya va Turkiya-venetsiya urushlarini yakunlagan Pojarevsk sulhi.
— 1773 — Rim papasi Iyezuitlar ordenini ta‘qiqladi.
— 1774 — Kuchukqaynarji shartnomasi.
— 1798 — Ehromlar yonidagi jang.
— 1822 — Birinchi Meksika imperiyasining tashkil topishi.
— 1831 — Belgiyaning birinchi qiroli Leopold I ning taxtga o’tirishi.
— 1904 — 13 yil davom etgan Buyuk Sibir temir yo’lining qurilishi yakunlandi. Temir yo‘lning rasmiy ochilishi kelasi yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tdi.
— 1906 — 44 yoshli Pyotr Stolipin Rossiya hukumati rahbari etib tayinlandi.
— 1917 — A.F.Kerenskiy Muvaqqat hukumatga boshchilik qildi.
— 1918 — tatarlar bosib olingan Qrim yarimorolini tatar xonligi deb e’lon qilish iltimosi bilan Germaniyaga murojaat qilishdi.
— 1925 — SSSR Xalqaro metrik konvensiyaga qo’shildi.
— 1940 — Fashistlar Germaniyasi qo’mondonligi Sovet Ittifoqiga qarshi harbiy kampaniya — «Barbarossa rejasi» ni ishlab chiqishni boshladi.
— 1940 — Latviya, Litva seymi va Estoniya Dumsi tomonidan Sovet hokimiyati o‘rnatillgani e’lon qilindi.
— 1941 — Moskvaga Luftvaffening birinchi reydi.
— 1954 — Hindixitoydagi mustamlakachilik urushiga yakun yasovchi Jeneva shartnomasi imzolandi.
— 1969 — Nil Armstrong  va Bazz Oldrin Oyga qadam qo‘yishdi.
— 1970 — Misrda Asvon to‘g‘onining 11 yillik qurilishi yakunlangan.
— 1972 — Belfastda qonli juma: Vaqtinchalik IRA jangarilarining terroristik hujumlari natijasida 9 kishi halok bo’ldi, 130 kishi yaralandi.
— 1983 — Aholi yashaydigan joyda dunyodagi eng past harorat Antarktidadagi Vostok stansiyasida qayd etildi. Bu -89,2 °C.
— 1994 — Yozuvchi Aleksandr Soljenitsin Rossiyaga  qaytdi.
— 2007 — Garri Potterning yettinchi kitobi «Garri Potter va ajal tuhfasi» ingliz tilida nashr etildi.
— 2011 — Atlantic kemasining so’nggi parvozi yakunlandi. «Space Shuttle» dasturi rasman yopildi.
— 2012 — Turkiyalik sarguzashtchi Erden Eruch tarixda yakkaxon inson kuchi yordamida Yerni aylanib chiqishni yakunlagan birinchi shaxs bo‘ldi.

 

👉  TAVALLUDLAR:
— Mil. avv. 356 — Aleksandr Makedonskiy (mil. avv. 323) — Makedoniya qiroli (mil. avv. 336 yildan), sarkarda, jahon imperiyasining asoschisi.
— 1620 — Jan Pikard (1682) — fransuz ruhoniysi va astronami, Yerning hajmini birinchi marta aniqlagan.
— 1810 — Anri Reno (1878) — fransuz kimyogari va fizigi.- 1816 — Pol Julius Reyter (1899) — jurnalist, biznesmen, Britaniyaning «Reuters» axborot agentligi asoschisi.
— 1897 — Vasiliy Sokolovskiy (1968) — Sovet Ittifoqi marshali, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
— 1899 — Ernest Xeminguy (1961) — amerikalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sohibi (1954).
— 1923 — Rudolf Markus — kanadalik va amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sovrindori (1992).
— 1928 — Ahmad Odilov — sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).
— 1932 — Elena Dobronravova (1999) — teatr va kino aktrisasi, RSFSRda xizmat ko’rsatgan artist.
— 1948 — Mixail Zadornov — (2017) — Rossiyalik yozuvchi-satirik,_dramaturg, komik va qiziqchi.
— 1969 — Avraam Russo — rus estrada qo’shiqchisi.
— 1976 — Tatyana Lebedeva — rossiyalik atlet, Olimpiya chempioni (2004), ko’p karra jahon va Evropa chempioni.
— 2002 — Rika Kihira — yaponiyalik figurali uchish ustasi, to’rt qit’aning ikki karra chempioni (2019 va 2020).

Оставьте комментарий