21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she’ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun’iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma’lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da’vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she’rlar o’qib, ularni asrashga da’vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21-oktabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e’tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta’kidlandi. Shular asosida 21-oktabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e’tibor — elga e’tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so’zlar, she’rlar, qo’shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.«Uchquduq ko’p millatli shahar, — deb yozadi «Xalq so’zi» gazetasi muxbiri A. Pirmatov, — bu yerda muomala madaniyatida davlat tili ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yaqinda shahar madaniyat saroyida «O’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilarga konstitutsiyaviy bilim berish» mavzusida o’tkazilgan tadbir ham buni yana bir bor isbotladi. Tadbirda o’ttizdan ziyod millat va elat farzandlari huquqiy qomusimizni qanchalik bilishlarini o’zbek tilida ifodalashdi. Jonli tildagi savol- javoblar, o’tkir zehnlilar bellashuvi, huquqshunoslar va til mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Bu tadbir shaharda til bayramiga aylanib ketdi. Davlat tili o’z nomi bilan davlatning ramziy belgisiga aylanishiga hamma guvoh bo’ldi» («Xalq so’zi», 2001 yil, 25 oktyabr).Toshkent Davlat yuridik institutida «Davlat tili to’g’risida»gi qonunning 12 yilligiga bag’ishlangan «Yuksak huquqiy madaniyat — komillik belgisi» mavzuida tadbir bo’lib o’tdi. Unda ona tilimizning huquqiy bilimlarni ifodalashdagi imkoniyatlari naqadar kengligi, go’zal va boyligi haqida so’z boradi. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov, adabiyotshunos A. Rasulov, shoir va tarjimon Yo’ldosh Parda bo’lg’usi huquqshunoslarga tilimizni puxta o’rganish fazilatlari haqida so’zlab berdilar. Xullas, til bayramining imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir.
Ma’lumot: O’zbek xalq bayramlari. «Sharq”. T.2002.

17 комментариев к “21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: dumps with pin for swipe card

  3. Уведомление: Pgslot

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: this contact form

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: ดูหนังฟรี

  8. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  9. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  10. Уведомление: Text inmate

  11. Уведомление: สล็อต

  12. Уведомление: cheap dumps 101 shop

  13. Уведомление: Spy cam Porn

  14. Уведомление: sig sauer guns for sale

  15. Уведомление: shrooms chocolate bar dc

  16. Уведомление: Where to Buy Changa DMT online Brisbane

  17. Уведомление: funny987

Комментарии закрыты.