4-avgust BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR:

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 4-avgust 2023-yil, juma.

 

👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro bulutli leopard kuni.
🌏 Xalqaro ishlayotgan yolg‘iz ayollar kuni.

 

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇺 Avstraliya ‐ Milliy aborigenlar va Torres bo’g’ozi orollari bolalar kuni.
🇧🇫 Burkina Faso — Inqilob kuni.
🇻🇪 Venesuela — Milliy gvardiya kuni.
🇺🇸 AQSh — Qirgʻoq qoʻriqchilari kuni.
🇸🇰 Slovakiya — Slovakiya Maticasi kuni.
🇬🇭 Gana — Ta’sischilar kuni.
🇷🇼 Ruanda ‐ Umuganura(hosil bayrami).
🇨🇰 Kuk orollari — Konstitutsiya kuni.
🇧🇲 Bermud orollari ‐ Meri shahzoda kuni.

 

👉 VOQEALAR:
— 424 — Lyu Ilun jiyani Lyu Ifu o’ldirilganidan keyin Janubiy Sunning 3-imperatori bo’ldi.
— 1326 — Moskvada Uspenskiy cherkovi qurila boshlandi.
— 1578 — Afrikadagi Uch qirol jangida Portugaliya qiroli yoʻqolib qoldi.
— 1662 — Moskvada “Mis isyoni” bo’lib o’tdi.
— 1791 — Turk-gabsburg jangi boshlandi.
-1836 — Kremlda Qoʻngʻiroqlar oʻrnatildi.
-1897 — Elzas va Lotaringiya Germaniya tasaruffiga oʻtdi.
— 1912 — Ilk yo‘lovchilar La-Mansh ustidan uchib o‘tdi. Yo‘lovchilar soni atigi 2 nafar edi.
— 1914 — Buyuk Britaniya Germaniyaga urush e’lon qildi (Birinchi Jahon urushi).
— 1914 — AQSh betarafligini e’lon qildi (Birinchi Jahon urushi).
— 1922 — Telefon ixtirochisi Aleksandr Bellning dafn marosimi. AQShda 1 daqiqa davomida 13 million telefon ishlamay turdi.
— 1962 — Afrika Milliy Kongressi yetakchisi Nelson Mandela qamoqqa olindi, 28 yildan so‘ng ozodlikka chiqdi.
— 1989 — Toshkentda “Temir yo‘l texnika” muzeyi ochildi.
— 1995 — Serb Krainasi respublikasi va G‘arbiy Bosniya respublikasini tugatgan «Bo‘ron» operatsiyasi boshlandi.
— 1964 — Shimoliy Vyetnamga AQSh bomba tashlashni boshladi.
— 1984 — Afrikaning Yuqori Volta davlati o’z nomini Burkina — Fasoga o’zgartirdi.
— 1988 — Afgʻon urushi — 1979-1989: Rutskoy samolyoti urib tushirildi.
— 1999 — O‘zbekiston hamda Mavrikiy Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
— 2002 — Afg’onistonning sobiq podshosi Zohir Shoh 29 yil oldin tark etgan saroyiga qaytdi.
— 2007 — Marsni o’rganish uchun mo’ljallangan Amerikaning AMS Phoenix kemasi Delta-2 raketasi yordamida Kanaveral burni kosmodromidan uchirildi.
— 2020 — Bayrut portida portlash sodir bo‘ldi.

 

👉 TAVALLUDLAR:
— 1821 — Lui Vitton (1892) — fransuz dizayneri.
— 1834 — Jon Venn (1923) — Amerikalik biolog.
— 1859 — Knut Gamsun (1952) — norveg yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
— 1895 — Shermuhammadov Mirmuhsin (1929) — O’zbek matbuotining asoschilaridan, jurnalist, yozuvchi.
— 1901 — Lui Armstrong (1971) — Amerikalik jaz qo’shiqchisi.
— 1915 — Igor Savitskiy (1984) — grafikachi rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq rassomi.
— 1929 — Yosir Arofat (2004) — Falastin Ozodlik tashkiloti ijroqo‘mi raisi.
— 1940 — Jamshed Karimov — Tojikiston Bosh vaziri (1992-1996).
— 1960 — Xose Luis Rodríges Zapatero — Ispaniya Bosh vaziri (2004-2011).
— 1961 — Barak Obama — AQShning 44—prezidenti.
— 1969 — Ulugʻbek Soliboyev — Oʻzbekiston jamoat arbobi.
— 1983 — Aida Xasanova — o‘zbek qilichbozi va qilichbozlik bo‘yicha xalqaro hakam.
— 1985 — Luis Antonio Valensiya — Manchester Yunayted yarim himoyachisi.
— 1992 — Tiffani Evans — amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi.

Оставьте комментарий