Oyoq va qo‘llar muzlashining sababi nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Oyoq va qo‘llar muzlashining sababi nima?

➥ Kamqonlik. Bunday holatda butun organizmdagi qon aylanish tizimi faqat hayot uchun zarur bo‘lgan organlarni qon bilan ta’minlashga harakat qiladi hamda oyoq va qo‘llardagi qon tomirlar doimo qisqargan holatda bo‘ladi.

➥ Ba’zi insonlarda vegetativ nerv tizimining o‘ziga xosligi  bo‘lib, issiqlikni me’yorda ushlab turish jarayoni yaxshi rivojlanmaganligi sababli periferik qon tomirlarda qon yaxshi aylanmaydi, natijada oyoq va qo‘llar doim muzdek bo‘ladi. Bu holat kasallikdan darak bermaydi.

➥ Bundan tashqari:
▪️Gipotireoz
▪️Reyno kasalligi
▪️Qandli diabetning asoratlarida
▪️Buyrak kasalliklarida ham oyoq va qo‘llarning muzlashi kuzatiladi.

Оставьте комментарий