Qizil kitobga kiritilgan jonivorni ovlash narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Qizil kitobga kiritilgan jonivorni ovlash narxi qancha?

O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash, ayniqsa, xorijlik ovchilar tomonidan ovlash oxirgi vaqtlarda sezilarli ko‘paygan (https://kun.uz/uz/97468780).

O‘zFAning 2022 yil 5 dekabrdagi xulosasida 8 bosh (4ta ovlashga, 4ta ko‘paytirishga) burama shoxli echki (morxo‘r) va 4 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi (Urial)ga kvota ajratilgan.

Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar mahalliy ovchilardan ko‘proq to‘laydi. Masalan, rus ovchilari otgan morxo‘r uchun $25 ming, Buxoro tog‘ qo‘yi uchun esa $10 ming miqdorda to‘lashi ko‘rsatilgan.

Agar yovvoyi hayvon turlari vaqti-vaqti bilan ov qilinmasa, tabiiy yashash arealiga sig‘may, aholi yashash punktlariga kelib, insonlar hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soladi. Shuningdek, boshqa hayvonlar arealining qisqarishiga olib keladi.

Оставьте комментарий