Xamdam Sobirov Qishloqqa qayt (qo`shiq matni)

DO`STLARGA ULASHING:

Xamdam Sobirov Qishloqqa qayt (qo`shiq matni)

Sochlaringni sap-sariqqa bo‘yapsan-da
Qoshlaringni menga aytmay teribsan-da
Uydaman deb kim, qayerlarda yuribsan-da
O‘qiyman deb shaharlarda yurgan qiz

Kecha yana gap bo‘libmiz qishloqda
Qo‘l ushlashib yurgan emishmiz bog‘da
Direktorni qiziliging chatoq-da
O‘qiyman deb shaharlarda yurgan qiz

Pomadalar labingda, tillo janjir bo‘yningda
Qolib ketma Toshkentda-ey, qishloqqa qayt
Mo‘dniy ko‘ylak egningda, kimdir bormi ko‘nglingda?
Sog‘indim deb bittagina shevangda ayt

Menga yoqar eding paplin ko‘ylagingda
Olib yurar eding rasmim cho‘ntagingda
Kalishchani yechib sen ham ayniding-da
O‘qiyman deb shaharlarda yurgan qiz

Maktabdagi uchrashuvlar yodimda
Sendan olgan qizil ruchka yonimda
Xayrlashmay ketding, qoyil qoldim-da
O‘qiyman deb shaharlarda yurgan qiz

Pomadalar labingda, tillo janjir bo‘yningda
Qolib ketma Toshkentda-ey, qishloqqa qayt
Mo‘dniy ko‘ylak egningda, kimdir bormi ko‘nglingda?
Sog‘indim deb bittagina shevanda ayt

Boshimga balo bo‘ldi, bu qandayin savdo bo‘ldi?
Senga olgan uzugim tillo edi tosh bo‘ldi
Va’dalaring qayda qoldi, bo‘salarim qayda qoldi?
Ado qilgan dunyolarmas bitta qalam qosh bo‘ldi

Pomadalar labingda, tillo janjir bo‘yningda
Qolib ketma Toshkentda-ey, qishloqqa qayt
Mo‘dniy ko‘ylak egningda, kimdir bormi ko‘nglingda?
Sog‘indim deb bittagina shevangda ayt (2x)

Оставьте комментарий