1821-yil 15-sentyabr – Gvatemala o’z mustaqilligiga erishdi
Gvatemala Respublikasi, poytaxti – Gvatemala. Hududi – 108889 km.kv. Aholisi – 15137500 kishi (2012). Davlat tili – ispan. Aholisining 70% xristian diniga e’tiqod qiladi. Pul birligi – ketsal. 1821 yilning 15 sentyabrida Gvatemala o’z mustaqilligiga erishdi. Gvatemala Markaziy Amerikaning shimoli-g’arbidagi davlat. Shimol va g’arbda – Meksika (962 km), sharqida – Beliz (266km), janubi-sharqida – Sal’vador (203 km) va Gonduras (256 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi – 1687 km. Janubda Gvatemala tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat shimoli yassi tog’lardan, markaziy viloyatlari esa tog’li hududlardan iborat. Eng yirik tog’ tizmasi – S’yerra-Madreda bir qancha harakatdagi vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi – Taxamul’ko vulqoni (4220 m). Eng yirik daryosi – Motagua. Gvatemalada qo’rg’oshin, nikel, vil’fram, kumush va neftning unchalik katta bo’lmagan zaxiralari mavjud. Iqlimi – tropik. Mamlakat hududining yarmi doimo yashil o’rmonlar bilan qoplangan. Faunasi o’ta xilma-xil bo’lib, dunyoning boshqa joylarida uchramaydigan o’simliklar Gvatemala o’rmonlarida mavjud. Hayvonot dunyosi bo’yicha Gvatemala Markaziy Amerikaning eng boy davlatlaridan biridir. Uning o’rmonlarida tropik hayvonot dunyosining barcha turlarini uchratish mumkin. Qushlarning 2000 dan ortiq turi mavjud.
Уведомление: Andrea Mandel Campbell
Уведомление: real dumps with pin shop
Уведомление: Buy DMT USA, UK, Canada, Australia
Уведомление: สล็อต
Уведомление: sbobet
Уведомление: sbo
Уведомление: sbobet
Уведомление: เพื่อนแท้เงินด่วน กรุงเทพ
Уведомление: APC
Уведомление: 토토샤오미
Уведомление: aller à
Уведомление: ebay 4 aco dmt,
Уведомление: โรงแรมสุนัขเข้าได้
Уведомление: sleeping music
Уведомление: ทีเด็ดฟุตบอล