Abituriyentlarning o’qishga kirgan yoki kirmagani qachon aniq bo’ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

🧐 Abituriyentlarning o’qishga kirgan yoki kirmagani qachon aniq bo’ladi?

💭 Taxmin qiladigan bo’lsak, test sinovlari 15-avgustda to’liq yakunlansa, undan keyin COVID-19 kasalligiga chalingan abituriyentlarga 14 kun ichida yana alohida test sinovlari tashkil etiladi.

☝️Bu degani, uzog’i 29-avgustgacha test sinovlari to’liq yakunlanadi.

Tartibga ko’ra, umumiy mandat, ya’ni, abituriyentlarning o’qishga kirgan yoki kirmagani test sinovlari to’liq yakunlangandan so’ng 7 kun muddat ichida e’lon qilinishi kerak.

✅ Demak, 5-sentyabr oxirgi muddat. Boshqa bahonalar sabab muddat yana cho’zilmasa sentyabr oyining 1-haftasida hammasi aniq bo’ladi.

🤲 Tilagimiz, barchangizning yuzingiz yorug’ bo’lsin! Albatta talaba bo’lib abituriyentlik davringizga «OFF» deyishingizni Allohdan so’rab qolamiz!